Stefflon Don

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stefflon Don
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Stephanie Victoria Allen
1991-yil 14-dekabr
Kasbi reper • muallif
Leybl Quality Control Music • Polydor/54 London Limited • Motown • Universal Music Operations
Janr Hip hopR&Breggae
Faoliyat yillari 2015–hozirgacha
Veb-sayt stefflondonofficial.com

Stephanie Victoria Allen — (1991-yil 14-dekabrda tugʻilgan), Stefflon Don taxallusi bilan mashhur, britaniyalik reper va qoʻshiqchi. U 2017-yilda French Montana bilan „Hurtinʼ Me“ duet singli Buyuk Britaniyaning UK Singles Chart 7-oʻrinni egallaganidan keyin shuhrat qozondi. Stefflon Don 2016-yilda oʻzining debyut miksteypi Real Tingni, keyin esa 2018-yilda Secure miksteypini chiqardi.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stefflon Don Angliyaning Birmingem shahrida tugʻilgan va kelib chiqishi yamaykalikdir[1]. Uning yetti ukasi bor, ulardan biri reper Dutchavelli. U besh yoshga toʻlganda, uning oilasi Niderlandiyaning Rotterdam shahriga koʻchib oʻtdi. Shu sabab Allen golland tilini ham biladi[2]. Allen boshlangʻich maktabdan beri qoʻshiq aytadi va musiqa yozadi. 14 yoshida u London maktabida oʻqish uchun Britaniyaga qaytib keldi. Musiqadagi karyerasidan oldin u tort bezakchisi va sartarosh sifatida ishlagan.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stefflon Don 2017-yilgi „Baywatch“ filmining saundtrekida ishtirok etdi. Don ilk bor Amerika qoʻshigʻida Jeremihning „London“ trekidagi dueti boʻldi. Keyinroq Lil Yachty bilan birga „Teenage Emotions“ albomidagi „Better“ qoʻshigʻida ham Lil Yachty hamkori boʻldi. 2016-yil 16-dekabrda Don oʻzining „Real Ting“ nomli birinchi mixteypini chiqardi.

2016-yilning bahorida Don Universal Music Group bilan shartnoma imzoladi.

2017-yilning 15-avgustida u oʻzining Hurtinʼ Me — The EP nomli debyut EP-dan French Montana bilan birgalikda „Hurtinʼ Me“ singlini chiqardi va u UK Singles Chartda 7-oʻrinni egalladi[3].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

U birinchi farzandini 17 yoshida dunyoga keltirdi[4].

2019-yil sentabrida u sanʼatkor sifatida mashxurlikka erishgandan soʻng onasining saraton kasalligini davolash uchun Twitter’da „Giveaway“ oʻtkazdi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miksteyplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Tafsilotlar Chartdagi eng yuqori o'rni
UK Albums Chart
[5]
Real Ting
  • Chiqarilgan sana: 16-dekabr, 2016[6]
  • Leybl: 54 London
Secure
  • Chiqarilgan sana: 17-avgust, 2018[7]
  • Leybl: 54 London, Polydor Records
35
"—" ushbu hududda chiqarilmagan ma'noni bildiradi.

Kengaytirilgan singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kengaytirilgan singllar ro'yxati
Nomi Kengaytirilgan singllar tafsiloti
Hurtin' Me – The EP
  • Chiqarilgan sana: 12-yanvar, 2018
  • Leybl: Polydor Records

Mukofotlar va Nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Kategoriya Natija
2017 MOBO Awards Eng Yaxshi Ayol Reper[8] Yutuq
2018 NME Awards Eng Yaxshi Yangi Ijodkor[9] Yutuq
BET Awards Eng Yaxshi Xalqaro Ijodkor[10] Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „9 Things You Need To Know About Stefflon Don | MTV UK“ (22-aprel 2019-yil). 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2019-yil.
  2. „Stefflon Don on bubbling, family and why her house is the place to be“. HungerTV. Qaraldi: 16-oktabr 2017-yil.
  3. Fresh, Mikey „Stefflon Don Teams Up With French Montana On "Hurtin Me"“. Vibe (15-avgust 2017-yil). Qaraldi: 17-avgust 2018-yil.
  4. „Does Stefflon Don have a son?“. Capital Xtra. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  5. „Stefflon Don | full Official Chart history“. Official Charts Company. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  6. Renshaw, David „Stefflon Don's Real Ting Mixtape Is Here“. The Fader. Qaraldi: 17-avgust 2018-yil.
  7. Seabrook III, Robbie „Stefflon Don Channels Lil' Kim on Cover of 'Secure' Mixtape“. XXL (8-avgust 2018-yil). Qaraldi: 10-avgust 2018-yil.
  8. „MOBO Awards Best Female“. Capital Xtra. 2019-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-noyabr 2017-yil.
  9. „NME Awards Best New Artist“. NME (14-fevral 2018-yil). Qaraldi: 14-fevral 2018-yil.
  10. „News: Vote: BET Awards Best International Act“. BET Africa (15-may 2018-yil). 2019-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.