Stefano Antezza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stefano Antezza
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 13-yanvar, 1996-yil
Tavallud joyi Bari, Italiya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fano
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
-2010
2010-2015
2013-2014
2014-2015
2015
Matera
Juventus
Carpi (ijara)
Spezia (ijara)
Spezia
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2019
2016-2017
2017-2018
2018-2019
2019-2021
2021
2021-
Spezia
Como (ijara)
Renate (ijara)
Sudtirol (ijara)
Viterbese Castrense (ijara)
Paganese
Fano
(0 (0)
17 (1)
11 (1)
18 (0)
19 (1)
7 (0)
7 (1))
Milliy terma jamoa
2011-2012
2012
Italiya U-16
Italiya U-17
(11 (1)
1 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Stefano Antezza (1996-yil 13-yanvarda tugʻilgan) italiyalik futbolchi. U Fano uchun o'ynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spezia[tahrir | manbasini tahrirlash]

Comoga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 9-iyulida Antezza C Seriyaning Como jamoasi tomonidan bir mavsumga ijaraga olindidi. 31-iyul kuni u Como uchun debyutini Italiya kubogining birinchi bosqichida Valdinievole Montecatini ustidan 3–0 hisobida g'alaba qozonib o'tkazdi, 78-daqiqada Michele Mandelli uning o'rniga tushurildi.[1] 28-avgust kuni u Como safida C Seriyadagi debyutini o'tkazdi va Arezzoga qarshi safarda 2–2 hisobidagi durangning 87-daqiqasida Davide Di Quinzio o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.[2] 2–oktabr kuni u o'zining birinchi professional golini o'z maydonida zaxiradan tushib Roma ustidan 2–1 hisobidagi g'alabaning 90-daqiqasida kiritdi.[3] Yetti kundan so'ng, Antezza C Seriyada boshlang'ich tarkib a'zosi sifatida o'zining birinchi o'yinini o'tkazdi, Prato ustidan 1–0 hisobida g'alaba qozondi, 82-daqiqada uning o'rniga Filippo Damian tushirildi.[4] 20-noyabr kuni u Como uchun birinchi to'liq o'yinini o'tkazdi, o'z uyida Cremonesega qarshi 2–2 hisobida durang o'ynadi.[5] 2017-yilning 18-fevralida Romaga qarshi safarda 3–2 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinning 53-daqiqasida u qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan edi.[6] Antezza Comodagi ijarasini 19 o'yin, 1 gol va 1 golli uzatma bilan yakunladi.[7]

Renatega ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 4-iyulida Antezza C Seriya klubi Renatega bir mavsumga ijaraga berildi.[8] 30-iyul kuni u Renate uchun Italiya kubogi birinchi bosqichining 75-daqiqasida Antonio Palma o'rniga tushib debyut qildi.[9] 27-avgust kuni Antezza Renate uchun C seriyadagi debyutida 64-daqiqada Lorenzo Simonettining o'rniga tushdi va Padova ustidan 3–0 hisobida g'alaba qozongan uchrashuvning 85-daqiqasida Renate uchun birinchi golini kiritdi.[10] 3-sentabr kuni u Renate uchun birinchi to'liq o'yinini o'tkazdi va Feralpi Salò ustidan 1–0 hisobida g'alaba qozondi.[11] Antezza Renate uchun bir mavsum davom etgan ijara muddatini 14 ta o'yinda yakunladi, bularni atigi 4 ta asosiy tarkibda boshladi va 1 ta gol urdi.[12]

Südtirolga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 10-iyulida Antezzani C Seriya vakili Südtirol bir mavsumga ijaraga oldi.[13] 29-iyul kuni u Italiya kubogining birinchi turida Albalonga ustidan 2–1 hisobida g'alaba qozongan uchrashuvning 82-daqiqasida Franchesko De Rosening o'rniga tushib Südtirolda debyut qildi.[14] 17-sentabr kuni u C Seriyadagi debyutini Südtirol safida o'tkazdi va o'yinning 83-daqiqasida Luca Beradocconing o'rniga tushdi va Teramo ustidan 1–0 hisobida g'alaba qozondi.[15] 7-oktabr kuni Antezza Südtirol uchun birinchi to'liq o'yinini o'tkazdi, o'z uyida AlbinoLeffe bilan 0–0 hisobida durang o'ynadi.[16] 9-dekabr kuni u Sambenedettesega qarshi safardagi o'yinning 66-daqiqasida zaxiradan tushib qo'sh sariq kartochka oldi va 1–0 hisobida mag'lub bo'ldi.[17] Antezza Südtiroldagi ijarasini 26 ta o'yinda yakunladi, ammo atigi 3 tasini asosiy tarkibda boshladi.[12]

Viterbese Castrense[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 26-iyulida Antezza noma’lum toʻlov evaziga C seriyaning Viterbese Castrense klubiga oʻtdi.[18]

Paganese[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 19-yanvarda u Paganese klubiga ko'chib o'tdi.[19]

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antezza Italiyani 16 yoshgacha va 17 yoshgacha bo'lgan darajalarda himoya qildi. 2012-yilning 10-aprelida Antezza U-16 darajasidagi debyutini mehmonda Shotlandiya U-16 ustidan 2–0 hisobidagi g'alabada oʻtkazdi, 51-daqiqada uning oʻrnini Alberto Tibolla egalladi. 2012-yilning 31-avgustida Antezza oʻz maydonida Portugaliya U-17 terma jamoasiga qarshi oʻyinning 60-daqiqasida Gennaro Tutino oʻrniga oʻrinbosar sifatida U-17 darajasida debyut qildi.

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

17 August 2019
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Liga O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar
Como (ijara) 2016–17 C seriya 17 1 2 0 19 1
Renate (ijara) 2017–18 C seriya 11 1 3 0 14 1
Südtirol (ijara) 2018–19 C seriya 21 0 3 0 2[lower-alpha 1] 0 26 0
Karyera jami 49 2 8 0 2 0 59 2
  1. Appearance(s) in Serie C play-off.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Como vs. Valdinievole Montecatini - 31 July 2016 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  2. „Game Report by Soccerway“. Soccerway (2016-yil 28-avgust).
  3. „Como vs. Racing Roma - 2 October 2016 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  4. „Prato vs. Como - 9 October 2016 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  5. „Como vs. Cremonese - 20 November 2016 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  6. „Racing Roma vs. Como - 18 February 2017 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  7. „Italy - S. Antezza - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  8. „UFFICIALE: Renate, arriva Stefano Antezza in prestito dallo Spezia - TUTTOmercatoWEB.com“. Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
  9. „Renate vs. Siracusa - 30 July 2017 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  10. „Renate vs. Calcio Padova - 27 August 2017 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  11. „FeralpiSalò vs. Renate - 3 September 2017 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  12. 12,0 12,1 „Italy - S. Antezza - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 26-iyun. "Italy - S. Antezza - Profile with news, career statistics and history - Soccerway". uk.soccerway.com. Retrieved 2018-06-26.
  13. „UFFICIALE: Spezia, ceduti Crocchianti e Antezza al SudTirol - TUTTOmercatoWEB.com“. Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
  14. „Südtirol vs. Albalonga - 29 July 2018 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  15. „Südtirol vs. Teramo - 17 September 2018 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
  16. „Südtirol vs. AlbinoLeffe - 7 October 2018 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 15-oktyabr.
  17. „Sambenedettese vs. Südtirol - 9 December 2018 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  18. „UFFICIALE - Viterbese, preso Antezza dallo Spezia“ (it). www.tuttoc.com. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  19. „INGAGGIATO STEFANO ANTEZZA“ (it). Paganese (2021-yil 19-yanvar).

Tashqi avolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]