Steeven Langil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stiven Langil (fransuzcha: Steeven Langil) 1988-yil 4-martada Martinikada tugʻilgan. Stiven Langil Martinik futbolchisi, „Retberi“ klubi va Martinika terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.

Steeven Langil Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 4-mart 1988-yil(34 yosh)
For-de-Frans, Martinika
Fuqaroligi Flag Martiniki Martinika
Flag Fransii Fransiya
Boʻyi 178 sm
Vazni 67 kg
Pozitsiya yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Raqami Flag Tailanda Ratburi

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stiven Langil 1988-yil 4-martda Martinikaning Fort-de-Frans shahrida tug‘ilgan, lekin Le Morn Rujda o‘sgan[1]. Keyinchalik uning oilasi Monpelye shahriga koʻchib oʻtishgan.

2004-yildan buyon Stiven Langil „Nim Olimpik“ klubi akademiyasida tahsil olgan. U 2006-yilda asosiy tarkibga ko‘tarilgan va Fransiya uchinchi divizionida 11 o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan.

Mavsum tugagach, Stiven Langil Oserga koʻchib oʻtgan. 2007/08-yilgi mavsumda u dubl uchun oʻynadi, shundan soʻng u asosiy jamoaga eʼlon qilingan va Fransiya chempionatida 2008-yilning 19-oktabrida „Renn“ga qarshi uy uchrashuvida debyut qilgan. Stiven Langil 2008/09-yilgi mavsumda 13 ta oʻyinda maydonga tushgan va 2009-yilning yozida Liga 2ning „Kan“ klubiga ijaraga berilgan[2]. 2009-yil 10-avgustda Stiven Langil „Nant“ga qarshi oʻyinda klub uchun debyut qildi. Bu jamoada u mavsum davomida 9 ta gol urdi va klubning birinchi oʻrinni egallashi va chempionlikka chiqishiga yordam berdi.

2010-yilning yozida Stiven Langil Oserga qaytdi. 2010-yil 3-noyabr kuni Chempionlar ligasining 2010/11-yilgi mavsumi guruh bosqichida Gollandiyaning „Ayaks“ jamoasiga qarshi o‘yin yakunida gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi. Biroq Stiven Langil yana jamoada oʻz oʻrnini topa olmadi va shuning uchun 2010/11-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini „Valenciennes“da ijarada oʻtkazdi va 2011/2012-yilgi mavsumda ham „Sedan“ safida ijara asosida oʻynadi[3].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Stiven Langil Fransiya yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan[4][5]. Yoshlar miqyosida esa 2 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan.

2016-yil 23-mart kuni Stiven Langil Martinika terma jamoasi tarkibida 2017-yilgi Karib dengizi kubogi saralash o‘yinida Britaniya Virjiniya orollariga qarshi o‘yinda debyut qildi va bu o‘yinda terma jamoadagi ilk golini kiritdi.

Keyingi yili terma jamoa tarkibida Stiven Langil KONKAKAF 2017 Oltin Kubogi ishtirokchisi boʻldi, u yerda terma jamoaning uchta oʻyinida qatnashdi va Nikaragua bilan uchrashuvda gol urdi.

Jamoadagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

sana Stadion Dushman Hissa Natija Musobaqa
1 2016-yil 23-mart Per Aliquer, Fort-de-Frans, Martinika  Britaniya Virgin orollari 3 :0 3:0 2017-yilgi Karib dengizi kubogi saralashi
2 2016-yil 7-iyun Windsor Park, Roseau, Dominika  Dominika 4 :0 4:0
3 2016-yil 8-oktabr Estadio Panamericano, San-Kristobal, Dominikan Respublikasi  Dominikan Respublikasi 1 :0 2:1
4 2016-yil 11-oktabr Per Aliquer, Fort-de-Frans, Martinika  Trinidad va Tobago 2 :0 2:0
5 2017-yil 8-iyul Nissan Stadium, Nashville, AQSh  Nikaragua 2 :0 2:0 2017-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogi

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. L’Équipe. „Fiche sportive de Steeven Langil“ (fr). lequipe.fr (22 декабря 2012). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  2. „Auxerre a refusé de transférer Steeven Langil à Caen“ (fr). lyonne.fr (28 мая 2010). 2010-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  3. „Bourgeois et Langil prêtés“ (fr) (2017-yil 4-avgust). 2011-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  4. „Le Caennais Steeven Langil en équipe de France espoirs“ (fr). caen.maville.com (5 ноября 2009). 2009-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  5. „Профиль игрока“ (fr). fff.fr. 2009-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.