Stanislav Mitin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stanislav Mitin
Tavalludi 1950-yil 5-avgust
Vafoti 2023-yil 11-aprel
 Isroil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Kinorejissyor Ssenariychi Teatr rejissyori Pedagogika
Faoliyat yillari 1980-yildan 2023-yilgacha

Stanislav Mixaylovich Mitin (1950-yil 5-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan, 2023-yil 11-aprelda Netaniya, Markaziy okrugda vafot etgan)— rus teatr, kino va televideniyesi rejissyori. Ssenariy muallifi va oʻqituvchi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yil 5-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Ijodiy yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatrdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatr, kino va televideniyeda rejissyori, ssenariy muallifi boʻlib ishlagan. 1980-yilda Leningrad davlat teatr, musiqa va kinematografiya institutini drama rejissyori mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatgan (professor, Rossiya xalq artisti Z. Ya. Korogodskiy toifasi).

Leningrad yosh tomoshabinlar teatri, Moskva yoshlar teatri, Moskva Lenin komsomol teatrilarida rejissyor boʻlib ishlagan.

Pavel Lisitsian va Zara Doluxanovaning yubiley kechalari, Moskva virtuozi ansambli va Moskva davlat filarmoniyasining 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley kechalarining sahna rejissyori boʻlgan.

„Sir“ bit-kvarteti va „Yalla“ansamblining estrada tomoshalari rejissyori-qoʻyilgan.

Pavel Lisitsian va Zara Doluxanovaning yubiley kechalari, Moskva virtuozi ansambli va Moskva davlat filarmoniyasining 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley kechalarining sahna rejissyori boʻlgan.

Moskvadagi "Lujniki" stadionida oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻyicha rejissyor boʻlib faoliyat olib borgan.

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir Yuriy Entin bilan hamkorlikda u bolalar uchun „Chunga-Changa“ dasturini yaratishda ishtirok etgan (ORT kanali)[1].

REN-TV kanalining ochilishida rejissyor boʻlib ish faoliyatini olib borgan (boshlovchi Eldar Ryazanov).

Badiiy va hujjatli filmlar muallifi va rejissyori. Rossiya va xalqaro badiiy va hujjatli filmlar festivallari laureati boʻlgan.

Umrining soʻnggi yillarida Stanislav Mitin Isroilda yashagan.

2023-yil 11-aprelda Netaniyada vafot etgan[2].

Teatrda

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Татьяна Майская. „«Черный ход» для запретной любви“. spbdnevnik.ru (2006). 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-iyun.
  2. „В Израиле скончался известный российский режиссёр Станислав Митин“ (ru). Вести (2023-yil 11-aprel). 2023-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]