Zara Doluxanova
Qiyofa
Zara Doluxanova (Zarsi Agasyevna; 1918.15.3, Moskva - 2007.04.12, Moskva) — opera va asosan kamer yoʻnalishdagi arman xonandasi (metsso-soprano). Armaniston (1952) va Rossiya (1956) xalq artisti. Yerevan opera va balet teatri (1939—40), Butunittifoq radio va televideniyesi (1944 y.dan), Moskva filarmoniyasida (1959 y.dan) yakkaxon xonanda. Nihoyatda keng diapazonli ovoz sohibasi. Mukammal vokal texnika, nozik did va musiqiy ifodaviylik, oʻziga xos talqin D.ijrosiga xos. Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlarida (jumladan, Oʻzbekistonda ham) bir necha marta gastrolda boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |