Lujniki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lujniki
Luja
LuzhnikiStadium.jpg
Toʻliq nomi «Lujniki» Olimpiya majmuasining katta sport arenasi
Joyi Moskva, Rossiya bayrogʻi Rossiya
Asos solingan 1955-yil
Qachon qurilgan 1956-yil
Qachon ochilgan 1956-yil 31-iyul
Qachon taʼmirlangan 1996-1997
2001-2004
2013-2017
Egasi Moskva hukumati
Yuzasi Tabiiy
Hajmi 81.000
Maydon oʻlchami 105m × 68m
Maydon egalari
Futbol boʻyicha Rossiya terma jamoasi, Torpedo (Moskva) (2022-2023-yilgi mavsumdan)

Lujniki olimpiya majmuasining Katta sport arenasi (1992-yilgacha — Vladimir Lenin nomidagi markaziy stadionning Katta sport arenasi) — Moskvadagi stadion, Lujniki sport majmuasining markaziy qismi, Chumchuq tepaliklaridan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan oʻyingoh. Rekord vaqt ichida — 450 kun (1 yil 85 kun) ichida qurilgan. U 1956-yil 31-iyulda RSFSR va XXR terma jamoalari oʻrtasidagi futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi bilan ochilgan.

1956-yilning yozida sport majmuasida SSSR xalqlarining 1-spartakiadasi, bir yildan soʻng esa yoshlar va talabalarning VI Butunjahon festivali boʻlib oʻtdi. 1980-yilning yozida stadion Moskvadagi 22-Olimpiada ochilishi uchun arenaga aylandi. 2017-yilda tugatilgan rekonstruksiyadan soʻng u 81.000 kishini oʻz bagʻriga sigʻdira oladigan boʻldi va Rossiyadagi eng katta stadionga aylandi. „Lujniki“ shuningdek, Sharqiy Yevropadagi eng katta stadion va Yevropadagi eng katta oʻnta futbol stadionidan biridir. Umumiy maydoni 221 ming m² ga teng. 2018-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati vaqtida „Lujniki“ stadioni mamlakatning asosiy futbol arenasiga aylandi[1].

Yirik sport tadbirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1956-yil — SSSR xalqlarining yozgi Spartakiadasi
  • 1957-yil — Xokkey boʻyicha jahon chempionati
  • 1957-yil — VI Butunjahon yoshlar va talabalar festivalining ochilishi
  • 1959-yil — SSSR xalqlarining II Spartakiadasi
  • 1960-yil — Muz poygasi boʻyicha jahon chempionati
  • 1961-yil — zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon chempionati
  • 1962-yil — konkida uchish boʻyicha jahon chempionati (erkaklar)
  • 1963-yil — SSSR xalqlarining III Spartakiadasi
  • 1967-yil — SSSR xalqlarining IV Spartakiadasi
  • 1971-yil — SSSR xalqlarining V Spartakiadasi
  • 1973-yil — Yozgi Universiada 1973-yil
  • 1974-yil — zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon chempionati
  • 1975-yil — SSSR xalqlarining VI Spartakiadasi
  • 1979-yil — SSSR xalqlarining VII Spartakiadasi
  • 1980 — 1980 Yozgi Olimpiya oʻyinlari, shu jumladan ochilish va yopilish marosimlari
  • 1984-yil — Muz poygasi boʻyicha jahon chempionati
  • 1984-yil — „Drujba-84“ xalqaro tanlovi
  • 1985-yil — XII Butunjahon yoshlar va talabalar festivalining ochilishi va yopilishi
  • 1997-yil — Moskvaning 850 yilligi, Rossiya futbolining 100 yilligi va „Lujniki“ stadioni rekonstruksiya qilinganidan keyin ochilish sharafiga Rossiya — FIFA jamoasi oʻyini
  • 1998-yil — Birinchi Jahon yoshlar oʻyinlarining ochilishi va musobaqalari
  • 1999-yil — 1999-yilgi UEFA kubogi finali: „Olimpik“ (Fransiya) — „Parma“ (Italiya). Ushbu futbol oʻyini Rossiyada boʻlib oʻtgan Yevrokuboklarning birinchi finali edi
  • 2008 — 2008-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali: „Chelsi“ (Angliya) — „Manchester Yunayted“ (Angliya)
  • 2013-yil — 7-Regbi boʻyicha Jahon chempionati
  • 2013-yil — yengil atletika boʻyicha Jahon chempionati
  • 2018-yil — FIFA Jahon chempionati 2018, yettita oʻyin, shu jumladan final oʻyini[2].

Arxitektura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chumchuqlar tepaligidan stadionning koʻrinishi, 2007-yil
Rossiya-Germaniya bahsi paytida stadionning ichki koʻrinishi, 2009-yil

1956-yilda ochilganidan keyin Katta sport arenasi SSSRdagi eng katta stadion edi. 2013-2017-yillardagi rekonstruksiya natijasida „Lujniki“ yana mamlakatning asosiy va eng katta futbol maydoniga aylandi. Katta sport arenasi toʻrt marta rekonstruksiya qilingan: 1980-yil XXII yozgi Olimpiya oʻyinlari arafasida, 1997-yilda Moskvaning 850 yilligi munosabati bilan, 2008-yilda UEFA Chempionlar ligasi finali arafasida, 2017-yil 2018-yilgi Jahon chempionati uchun eng katta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Arenaning umumiy maydoni 221 ming m², oʻyin maydoni 105 × 68 m.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]