Stalik Xankishiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stalik Xankishiyev
Ста́лик Ханкиши́ев/Stalik Xankişiyev
Tavalludi 02.02.1962
Fuqaroligi  Russia Rossiya
Veb-sayti stalic.ru

Stalik Xankishiyev (ruscha: Ста́лик Ханкиши́ев, ozarbayjoncha: Stalik Xankişiyev; 2-fevral, 1962-yil; Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Rossiyalik kulinar, kulinariya kitoblari yozuvchisi va teleboshlovchi. Kitoblari asosan Sharq va Osiyo davlatlari oshxonasiga bagʻishlangan.

Stalik Xankishiyev 1962-yilning 2-fevral kuni Fargʻona shahrida tugʻilgan. Uning otasi ozarbayjon, onasi esa olmon millatiga mansubsir. Kitoblar yozishdan oldin, Oʻzbekistonda tadbirkorlik bilan shugʻullangan.

Kulinar kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stalik Xankishiyev professional oshpaz va restorator hisoblanmasa ham, uning kulinariya kitoblari Rossiya va qoʻshni davlatlarda ommabop hisoblanadi. Uning kitoblari: Kazan, mangal i drugiye mujskiye udovolstviya (Казан, мангал и другие мужские удовольствия), Kazan, baran i dastarxan (Казан, баран и дастархан), Bazar, kazan i dastarxan (Базар, казан и дастархан), Mangal (Мангал), Kazan. Kulinarniy samouchitel (Казан. Кулинарный самоучитель).

Televideniye va radiodagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyaning «REN TV» telekanalining «Zvaniy ujin» koʻrsatuvida ishtirok etgan. Keyinroq «Park razvlecheniy» kanalida «Nejenskoye delo» koʻrsatuvini olib borgan. Shuningdek, «Telekafe»da ham qatnashgan. «ITV Rossiya» kanalidagi «Razdvoyeniye lichnosti» koʻrsatuvida qatnashgan. Bir necha marta «Exo Moskvi» radiokanalida mehmon sifatida qatnashgan. Oxirgi besh yil davomida «NTV» telekanalidagi «Dachniy otvet» koʻrsatuvidagi kulinar rubrikani olib boradi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]