SpaceX Crew-1
COSPAR ID | Andoza:Cospar |
---|---|
SATCAT no. | Andoza:Wd |
SpaceX Crew-1 (shuningdek, USCV-1 (US Crew Vehicle 1) nomi bilan ham tanilgan) NASAning xususiy uchuvchi yordamida boshqariladigan kosmik kemalarni rivojlantirish Commercial Crew Program dasturi doirasida Amerikaning SpaceX xususiy shirkatiga tegishli Crew Dragon qayta foydalanish mumkin boʻlgan kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiyaga ikkinchi va birinchi ekipaj almashtirish uchun eksplutatsion parvozi.
Ekipaj[tahrir | manbasini tahrirlash]
Astronavt | Lavozim | Parvoz raqami | Agentlik |
---|---|---|---|
Asosiy ekipaj | |||
![]() |
Komandir | 2 | NASA |
![]() |
Uchuvchi | 1 | NASA |
![]() |
Parvoz mutaxassisi | 3 | JAXA |
![]() |
Parvoz mutaxassisi | 2 | NASA |
Dublyorlar | |||
![]() |
Parvoz mutaxassisi | 2 | NASA |
Vazifalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ekipaj Xalqaro Kosmik Stantsiya bortida olti oy davomida ilmiy tadqiqot va texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshirdi va 2021-yilning bahorida qaytib keldi. Bu Amerika Qoʻshma Shtatlaridan uchirilgan, inson eng uzoq vaqt kosmosda boʻlgan parvoz edi. NASA talabga koʻra, kosmik kema 210 kungacha orbitada boʻlishi mumkin[4].
Kema Xalqaro Kosmik Stantsiyaga 226 kg dan ortiq yuk, yangi ilmiy asbob-uskunalar va tajribalar uchun uskunalar yetkazib berdi, jumladan[5] :
Food Physiology — optimallashtirilgan parhezning ekipaj sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish;
Genes in Space-7[6] — uyqu va uygʻonishni tartibga soluvchi sirkad genlar ifodasini kuzatish boʻyicha talabalar tomonidan ishlab chiqilgan tajriba, uzoq muddatli kosmik parvozlar miya faoliyatiga qanday taʼsir qilishini yaxshiroq tushunish imkonini beradi;
Tissue chips — mikrogravitatsiyaning inson salomatligi va kasalliklariga taʼsirini tushunish uchun inson organlarining tuzilishi va funktsiyasini imitatsiya qiluvchi toʻqimalar chiplari yordamida amalga oshiriladigan tadqiqot, bu tadqiqot natijalaridan Yerdagi inson salomatligini yaxshilash uchun foydalaniladi;
Plant Habitat-02 — kosmosda oziq-ovqat ishlab chiqarish boʻyicha doimiy harakatlar doirasida turli xil yorugʻlik va tuproq turlarida turp yetishtirish;
SERFE — NASA ning yangi avlod kosmik skafandrida suv bugʻlanishidan foydalanadigan yangi issiqlik tarqalish tizimini sinovi, Exploration Extravehicular Mobility Unit (xEMU).
Crew-1 ekipaji Xalqaro Kosmik Stantsiyada boʻlgan vaqtlari davomida bir qator uchuvchisiz kosmik kemalarni, jumladan yangi avlod SpaceX yuk tashuvchi kosmik kemasini va Northrop Grumman Cygnusni tutashtirishda ishtirok etdi. Kosmonavtlar, shuningdek, ochiq kosmosga turli hil chiqishlarni amalga oshirdilar va 2021-yilda Rossiyaning "Soyuz MS-18" va navbatdagi SpaceX Crew Dragon ekipajlari bilan uchrashdilar.
Parvozga tayyorgarlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yil 29-sentabr kuni parvoz oldidan matbuot anjumanida kema qoʻmondoni Michael S. HopkinsMichael S. Hopkins ekipaj tomonidan kema uchun tanlangan ismni eʼlon qildi — Resilience (XFA: [rəˈzilyəns][7], inglizchadan tarjima qilganda — "Elastiklik, chidamlilik")[8].
Parvoz 2020-yil 31-oktabr, 06:40 UTC[9][10] ga rejalashtirilgan edi, biroq Falcon 9 raketasining birinchi pogʻonasining ikkita dvigatelidagi turbonaos agregat muammosi tekshirib topilishi tufayli NASA tomonidan 10-oktabr kechiktirildi, bu muammo GPS III-04 sunʼiy yoʻldoshini raketa tashuvchi yordamida uchirishga urinishi paytida sodir boʻlgan[11].
2020-yil noyabr oyida NASA Crew Dragon kosmik kemasi, Falcon 9 raketasi va u bilan bogʻliq yer tizimlarini astronavtlar bilan muntazam parvoz qilish uchun rasman sertifikatladi[12] va uchirish sanasini 15-noyabr, 00:49 UTC[13] ga belgiladi.
13-noyabr kuni uchirish noqulay ob-havo sharoiti tufayli 16-noyabr, 00:27 UTC ga qoldirildi[14].
Parvoz[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | |
---|---|
![]() |
![]() |
Parvozdan ikki soat oldin, kemaning yon lyuki yopilgandan soʻng, germetiklikga test kapsuladagi bosimning biroz pasayishini aniqladi[15]. Lyuk qayta ochilgandan soʻng sabab (tashqi buyum) SpaceX jamoasi tomonidan parvozdan oldingi jadvalni buzmagan holda aniqlandi va tuzatildi.
Crew Dragonning uchirilishi 2020-yil 16-noyabr kuni soat 0:27 da NASAning Kanaveral burnidagi Kennedi kosmik markazining LC-39A parvoz majmuasidan Falcon 9 raketa tashuvchisi bilan AQSh kosmik kuchlarining 45-kosmik qanoti jangovar ekipajlari tomonidan yordamlashilgan holda amalga oshirildi. Birinchi pogʻna „ Just Read the Instructions“ suzuvchi dengiz platformasiga qoʻndi. Kosmik kema raketa tashuvchining ikkinchi pogʻonasidan 189 × 209 km 51,7 ° orbitada parvozni amalga oshirgandan 12 daqiqa oʻtgach ajraldi[16].
Yaqinlashish va tutashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tutashuvdan chiqarilgandan koʻp oʻtmay, kemada baʼzi texnik muammolar aniqlandi. Avtomatik sensor kapsulaning sovutish tizimidagi bosimning oʻshishini qayd etdi, biroq uning ishlash holati tez orada SpaceX boshqaruv markazi muhandislari tomonidan toʻliq tiklandi. Shuningdek, Draco manyovr bloklaridan biridagi 4 ta yonilgʻi liniyasi isitgichidan 3 tasi vaqtincha oʻchib qoldi. Muammo dasturiy taʼminotni oʻzgartirish orqali hal qilindi va barcha isitgichlar yoqildi[17].
Crew Dragonning Xalqaro Kosmik Stantsiya bilan yaqinlashuvi 27 soat davom etdi[18], kema orbitasining balandligi 200 dan 420 km gacha koʻtarilishi bilan. Stansiyaning Harmony modulining PMA-2 porti bilan avtomatik rejimda tutashuv 17-noyabr kuni soat 04:01 UTC da boʻlib oʻtdi. Ekipajning lyuklar ochilgandan soʻng Xalqaro Kosmik Stantsiyaga oʻtishi 17-noyabr kuni UTC soat 06:14 da boʻlib oʻtdi. UTC soat 08:40 — 08:45 da ekipajning stansiya bortiga kelishining rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi, Yaponiyaning JAXA agentligi prezidenti ekipaj aʼzolarini tabriklab soʻzladi.
Tutashuvdan chiqarilishi va qaytarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ekipaj bilan kapsula 2021-yil 2-may kuni Meksika koʻrfazida Panama Citi (Florida) shahri yaqinida muvaffaqiyatli suvga qoʻndirildi[en].06:56 UTC[19][20].
Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
-
Resilience ekipaj kapsulasini ishlab chiqarilishi
-
Kosmik kema bilan raketa uchirish maydonchasiga olib chiqiladi
-
Falcon 9 raketa tashuvchisi kema bilan birga uchirilishi
-
Crew Dragon kapsulasi ichidagi astronavtlar.
-
Crew Dragon XKSga yaqinlashmoqda.
-
Kemani boshqa portga oʻtkazib tutashtirish
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Wikimedia Commonsda SpaceX Crew-1 mavzusiga oid fayllar bor. |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Burghardt, Thomas. „Crew Dragon Resilience successfully docks, expands ISS crew to seven“ (en). NASASpaceflight.com (17-noyabr 2020-yil). 27-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-noyabr 2020-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Lewis, Marie. „Meet the First Astronauts to Fly Commercial U.S. Spacecraft“ (en). NASA (3-avgust 2018-yil). Qaraldi: 5-avgust 2018-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „NASA, JAXA assign two more astronauts to second piloted Crew Dragon flight“ (en). Spaceflight Now (31-mart 2020-yil). 15-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-may 2020-yil.
- ↑ Josh Finch / Stephanie Schierholz. „NASA’s SpaceX Crew-1 Astronauts Headed to International Space Station“ (en). www.nasa.gov (16-noyabr 2020-yil). 17-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2020-yil.
- ↑ Erin Winick. „Crew-1 Heads to Space Station to Conduct Microgravity Science“ (en). www.nasa.gov (9-noyabr 2020-yil). 16-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Genes in Space winning student experiment launches to International Space Station with Crew-1“ (en). www.genesinspace.org (13-noyabr 2020-yil). 13-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Resilience | Definition of Resilience by Oxford Dictionary on Lexico.com also meaning of Resilience“ (en). Lexico.com[en] (29-sentyabr 2020-yil). 20-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-sentyabr 2020-yil.
- ↑ Robert Z. Pearlman. „SpaceX Crew-1 astronauts name Dragon capsule 'Resilience'“ (en). Space.com[en] (30-sentyabr 2020-yil). 1-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-sentyabr 2020-yil.
- ↑ Kathy Lueders[en] [@KathyLueders]. „NEWS: We’re now targeting 2:40am ET Saturday, Oct. 31, for the launch of the @NASA and @SpaceX Crew-1 mission to send astronauts to the @Space_Station. Here is the latest #LaunchAmerica update: go.nasa.gov/30g1BaK“ (29-sentyabr 2020-yil).
- ↑ Stephen Clark. „Watch live: Preflight press conferences on tap today for Crew-1 mission“ (en). Spaceflight Now (28-sentyabr 2020-yil). 29-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-sentyabr 2020-yil.
- ↑ Ramish Zafar. „SpaceX's Merlin Engine Malfunctioned Due To A Tiny Vent Hole Being Blocked“ (en). wccftech.com (28-oktyabr 2020-yil). 10-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
- ↑ James Cawley. „NASA and SpaceX Complete Certification of First Human-Rated Commercial Space System SpaceX Falcon 9 rocket and Crew Dragon Resilience for NASA SpaceX’s Crew-1 mission“ (en). www.nasa.gov (11-noyabr 2020-yil). 24-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
- ↑ Karen Northon. „NASA, SpaceX Invite Media to Crew-1 Mission Update, Target New Launch Date“ (en). nasa.gov (27-oktyabr 2020-yil). 30-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-oktyabr 2020-yil.
- ↑ Джим Брайденстайн [@JimBridenstine]. „Update: Due to onshore winds and recovery operations, @NASA and @SpaceX are targeting launch of the Crew-1 mission with astronauts to the @Space_Station at 7:27 p.m. EST Sunday, Nov. 15.“ (en) (13-noyabr 2020-yil).
- ↑ James Cawley. „Hatch Reopened, Closed Again After Hatch Seal Check“ (en). blogs.nasa.gov (16-noyabr 2020-yil). 16-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2020-yil.
- ↑ Jonathan McDowell. „Resilience has been cataloged as 46920 / 2020-084A in a 189 x 209 km x 51.7 deg initial orbit“ (en). Twitter (16-noyabr 2020-yil).
- ↑ „Astronauts fly with SpaceX in landmark launch for commercial spaceflight“ (en). Spaceflight Now (16-noyabr 2020-yil). 16-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2020-yil.
- ↑ Amy Thompson. „SpaceX Crew Dragon launches 4 astronauts to space station in 1st operational flight for NASA“ (en). Space.com[en] (16-noyabr 2020-yil). 16-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Корабль Crew Dragon с четырьмя астронавтами вернулся на Землю“ (ru). ТАСС (2-may 2021-yil). 2-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-may 2021-yil.
- ↑ „Crew-1 Astronauts Safely Splash Down After Space Station Mission“ (en). NASA (2-may 2021-yil). 2-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-may 2021-yil.
SpaceX | |||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Transport |
| ![]() | |||||||||||||||||||
Yuritgichlar | |||||||||||||||||||||
Missiyalar | |||||||||||||||||||||
Parvoz maydonlari | |||||||||||||||||||||
Qoʻnish maydonlari | |||||||||||||||||||||
Kontraktlar | |||||||||||||||||||||
Dasturlar | |||||||||||||||||||||
Kishilar |
| ||||||||||||||||||||
Kursiv bilan parvoz qilmagan apparatlar va kelajakdagi missiyalar belgilangan. † belgisi bilan omadsiz missiyalar, yoʻq qilingan apparatlar va tark etilgan maydonlar belgilangan. |