Soxta kurakburunlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soxta kurakburunlilar, qilquyruqlar, orol kurakburunlilari (Pseudoscaphirhynchus) — osyotrsimonlar (bakra baliqlar) oilasiga mansub chuchuk suv baliklari urugʻi. Gavdasining dum tomonida yaxlit suyak qalqonning boʻlmasligi bilan haqiqiy kurakburun baliklardan farq qiladi. 3 turi Orol dengizi havzasi daryolarida uchraydi. Barcha turlari Oʻrta Osiyo uchun endemik. Katta amudaryo Soxta kurakburunlilar uzunligi 75 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha; mayda baliqlar bilan oziqlanadi; 6—7 yoshida voyaga yetadi; aprel da uvildiriq tashlaydi; 2 mingga yaqin (yirik Soxta kurakburunlilar 37 minggacha) tuxum qoʻyadi. Kichik amudaryo Soxta kurakburunlilar 27 sm gacha, Sirdaryo Soxta kurakburunlilar 30 sm gacha. Barcha Soxta kurakburunlilar noyob, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.