Sovuq borsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Goʻshtli sovuq borshch

Sovuq borshch — rus[1] va ukrain oshxonasining[2] qizil lavlagi solib, asosan yoz mavsumida tayyorlanadigan sovuq sabzavotli shoʻrvasi. Yilning issiq mavsumida tanovul qilinishi bilan mashhur. Rossiyada sovuq borshch mamlakat janubida, tarixan kvas deyarli ishlab chiqarilmaydigan hududlarda ommalashgan[3]. Sovuq borshch yana bir lavlagili sovuq shoʻrva — svekolnikka oʻxshab ketadi[4]. Sovuq borshchning yana bir namunasi — yashil karam shoʻrva kabi ismaloq va otquloqdan tayyorlanadigan taomdir[3].

Sovuq borshch sabzavot[5], kvas[4] yoki goʻshtli qaynatmada tayyorlanadi. Odatda, sirka bilan oʻldirilgan bargli lavlagi mol goʻshti qaynatmasida[3] va sabzi bilan alohida pishiriladi. Sovutilgan qaynatma yuzasidan yogʻi olinadi. Shoʻrvaga somoncha shaklida kesilgan yangi bodring, mayda tugʻralgan yashil piyoz, qaynatilgan tuxum, smetana va koʻkatlar qoʻshiladi. Dasturxonga tortishdan avval maydalangan shivit sepiladi[1][4][6][7][8]. Retseptga koʻra, sovuq borshch qaynatilgan goʻsht, baliq[1] (sevruga, osyotr, sudak, treska) yoki qisqichbaqa[4] bilan uzatiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Н. И. Ковалёв 2000.
  2. gastronom.ru: Xolodniy borщ so svyokloy
  3. 3,0 3,1 3,2 Н. И. Ковалёв 1995.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 А. А. Ананьев 1957.
  5. Технология приготовления ресторанной продукции 2014.
  6. А. Т. Васюкова 2015.
  7. Н. А. Анфимова 2008.
  8. В. Д. Андросова 1986.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • А. А. Ананьев „Борщ холодный. Борщ холодный мясной. Борщ холодный с рыбой и крабами“,. Супы, 200000 экз, Библиотека повара, М.: Государственное издательство торговой литературы, 1957 — 174—175 bet. 
  • В. Д. Андросова, Т. И. Захарова „Борщ холодный“,. Супы, 100000 экз, Библиотечка повара, М.: Экономика, 1986 — 97 bet. 
  • Анфимова Н. А. „Борщ холодный“,. Кулинария: учеб. пособие для нач. проф. образования, 2-е изд., стер. 5000 экз, М.: Издательский центр «Академия», 2008 — 131 bet. ISBN 978-5-7695-4825-3. 
  • Васюкова А. Т. „Борщ холодный“,. Технология продукции общественного питания, 500 экз, М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2015 — 212 bet. ISBN 978-5-394-02516-7. 
  • Ковалёв Н. И. „Борщи холодные“,. Блюда русского стола. История и названия, 10000 экз, СПб.: Лениздат, 1995 — 55—56 bet. ISBN 5-289-01718-6. 
  • Ковалёв Н. И., Куткина М. Н., Карцева Н. Я. „Борщи холодные“,. Русская кухня. Учебное пособие, 5000 экз, М.: Издательский дом «Деловая литература», 2000 — 226—227 bet. ISBN 5-93211-006-6. 
  • Мглинец А. И. „Борщ холодный“,. Технология приготовления ресторанной продукции: Учебное пособие. СПб.: Троицкий мост, 2014 — 164—165 bet. ISBN 978-5-4377-0065-5. 
  • „Борщ холодный“,Книга о вкусной и здоровой пище, 500000 экз, М.: Пищепромиздат, 1954 — 122 bet.