Sovunoʻt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sovunoʻt (Anagallis arvensis L.) - navroʻzguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi toʻrt qirrali, yoyilib oʻsadi; boʻyi 10—25 sm. Barglari choʻzinchoq, tuxumsimon, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Gullari qizil, uzun gulbandli. Mevasi serurugʻ koʻsakcha. Ildizi sershox oʻq ildiz. Iyun–sent.da gullaydi, mevalaydi. Bir tupi 4 minggacha urugʻ beradi. Urugʻidan koʻpayadi. Yetilgan urugʻidan nihollari kelgusi yil bahorda unadi. Begona oʻt tarzida bogʻ va ekinzorlar, dare boʻylarida usadi. Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.

Kurash choralari: angʻiz erta yumshatiladi, yer shudgor qilinadi. Don ekinlariga 2,4D tipdagi gerbitsidlar purkaladi.