Sopolimerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sopolimerlar — makromolekulasi 2 va undan ortiq struktura zvenolaridan iborat polimerlar. Har qaysi turdagi struktura zvenolari makromolekula chegarasida birbiri bilan almashinuvchi uzluksiz uzun bloklar hosil qilgan S. bloksopolimerlar deyiladi. Bir xil kimyoviy tarkibli makromolekula zanjirining ichki zvenolariga bir yoki bir necha boshqa tarkibli monomer biriktirsa boʻladi. Bunday S. payvandlangan S. deb ataladi. Kimyoviy zvenoning bir makromolekulasida turlicha tiplarni birbiriga biriktirib xossalari oldindan maʼlum boʻlgan materiallar hosil qilish mumkin (qarang Polimerlanish).