Sonali Raut
Sonali Raut | |
---|---|
![]() Raut. 2016-yil. | |
Tavalludi |
1990-yil 23-dekabr |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2014-yildan hozirgi kungacha |
Sonali Raut(1990-yil 23-dekabrda tug'ilgan) - hind kino aktrisasi va modeli. Raut asosan hind filmlarida suratga tushadi.[1] U 2010-yilda "Kingfisher Calendar" tanlovida g'olib bo'lgan. Raut tanlovda qatnashganida atigi 19 yoshli kollej talabasi edi. Raut 2014-yilda Himesh Reshammiya va Yo Yo Honey Singh bilan birga “The Xpose” romantik-triller filmida aktyorlik debyutini amalga oshirgan.[2] U "Bigg Boss 8" realiti-shousini qatnashgan.[3]
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Hindistonning xorijdagi eng muvaffaqiyatli supermodeli Ujjvala Rautning singlisi. Uning otasi politsiya komissari o'rinbosari.[4] U Mumbay shahridagi Mithibai kollejini tamomlagan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yilda Raut modellar o'rtasida o'tkaziladigan yillik "Kingfisher Calendar" tanlovida g'olib bo'ldi.[5]
U MAC Cosmetics, PC Chandra Jewellers, Limca, Westside, Pantaloons va boshqa shu kabi ko'plab mashhur kompaniya brendlarining reklama yuzi bo'ldi. U shuningdek, Abhishek Bachchan, Neil Nitin Mukesh, Seematti Sarees va boshqalar bilan birgalikda ko'plab televizion kampaniyalarning loyihalarida ishtirok etgan.[6]
2011-yilda u Maxim jurnali uchun mashhur aktyor Ranveer Singh bilan tushgan surati uning mashur bo'lishiga hissa qo'shdi.[7][8]

2014-yilda Raut Bollywoodning “The Xpose” filmida Himesh Reshammiya va Yo Yo Honey Singhlar bilan birga[9] suratga tushgan edi. "Bollywood Hungama" OAVning mashhur kino tanqidchisi Taran Adarsh Rautni jozibali ko'rinishini va rolini ishonch bilan o'ynaganini e'tirof etgan.[10][11] U "99% Unseless Fellows" nomli filmida rol o'ynash majburiyatini voz kechib ketgani va Hindistonning Bigg Boss realiti-shousida ishtirok etishga rozilik bergani uchun kannadalik rejissor S.K. Basheedni g'azablantirdi.[12]
U "Bigg Boss 8" realiti shousida ishtirokchilardan biriga aylandi va kutilmaganda ovoz berish jarayonidan so'ng shouni tark etdi. Ammo keyinchalik uning mashhurligi tufayli Bigg Boss tomonidan qayta shouga chaqiriladi.[13][14] Keyin u Puneet Issar bilan birga 105 kundan keyin shoudan chiqarib yuborildi.[15][16]
Rautga "Hate Story 3"(Nafrat hikoyasi 3) filmida bosh rolni taklif qilishdi va serial muvaffaqiyatini nishonlash uchun musiqiy videoga ham taklif qilindi. U keyinchalik "Nafrat hikoyasi 3" filmida suratga tushishdan voz kechdi.[17]
2016-yilda Rautni "Great Grand Masti" filmida Shiney rolini ijro etgan. U "Lipstick Laga Ke" filmining qo'shig'ida ham rol o'ynadi. "Lipstick Laga Ke" qo'shig'i juda mashhur bo'lib, 2016-yilning eng yaxshi 20 ta qo'shig'idan biri bo'ldi.[18]
2017-yilda u FFACE Fashion Calendar uchun reklama yuzi bo'ldi.[19]
2020-yildan boshlab Raut, shuningdek, Bhushan Patel rejissorligidagi “Dangerous” jangovar triller veb-serialida rol o'ynadi.[20]
U shuningdek, qoʻshiqchi Shaan bilan “Sniper” nomli musiqiy videoklipda qatnashdi.[21]
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2014 | The Xposé | Zara Peter Fernandes | Bosh rol |
2016 | Great Grand Masti | Shiney | "Lipstick Laga ke" qo'shig'idagi maxsus roli |
Veb-seriyallari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Ism | Rol | Til |
---|---|---|---|
2016 | Love Life & Screw Ups | Kashish | hind |
2020 | Dangerous | Dia Dhanraj | hind |
Musiqa videolarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Qo'shiq | Izohlar | Yorliq | |
---|---|---|---|---|
2020 | Sniper | Shan bilan | Shan
Musiqasi |
|
2022 | Galtiyan | Neeti Mohan bilan | - |
Televizion[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Ism | Rol | Izohlar | Mnb. |
---|---|---|---|---|
2014 | Comedy Nights with Kapil | Mehmon | Himesh Reshammiya va Zoya Afroz bilan birga
Xposé filmini targ'ib qilish uchun |
[22] |
2014–2015 | Bigg Boss 8 | Musobaqa ishtirokchisi | 1-kun kiritildi | [23][24][25] |
2015 | Killerr Karaoke Atka Toh Latkah | Yuvika Chaudxari bilan birga,
Ajaz Xon va Ashita Dhavan |
||
2015 | Comedy Classes | Mehmon | 1-fasl 7-qism | [26][27][28] |
2016 | Box Cricket League | Musobaqa ishtirokchisi | Ahmadobod Express jamoasida | [29] |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Ujjwala Raut's sister Sonali to debut as young Zeenat Aman?“. Times of India (14-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 8-aprel 2020-yil.
- ↑ „Sonali Raut does a Zeenat Aman in The Xpose“. India Today (7-aprel 2014-yil). Qaraldi: 14-mart 2020-yil.
- ↑ „Bigg Boss 8: Sonali Raut to get evicted this Saturday!“. India TV News (26-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2014-yil.
- ↑ „Bigg Boss 8's Diandra Soares Hates Sonali Because Of Her Supermodel Sister Ujjwala Raut?“. Filmi Beat (5-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 14-mart 2020-yil.
- ↑ „Kingfisher calendar hotties of 2010!“. India Today (2010). Qaraldi: 27-sentabr 2014-yil.
- ↑ „Supermodel Ujjwala Raut's sister Sonali raut in Bollywood“. Hindustan Times (5-may 2011-yil). Qaraldi: 8-aprel 2020-yil.
- ↑ „Ranveer Singh's close encounter“. Times of India (24-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 8-aprel 2020-yil.
- ↑ „Sonali Raut and Ranveer Singh hot photoshoot for Maxim Magazine“. India Tv (28-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 8-aprel 2020-yil.
- ↑ „Sonali Raut unhappy about preceding Chitrangada“. Times of India (12-avgust 2014-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2014-yil.
- ↑ „The Xpose Movie Review by Taran Adarsh“. Bollywood Hungama (16-may 2014-yil). Qaraldi: 8-aprel 2020-yil.
- ↑ „Bollywood's not warm: Sonali Raut“. Hindustan Times (25-sentabr 2014-yil). 26-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-sentabr 2014-yil.
- ↑ Vickey Lalwani. „Sonali Raut is 100 per cent useless, feels director Basheed“. Mumbai Mirror (24-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2014-yil.
- ↑ „Bigg Boss 8 eviction: Sonali Raut is the first one to leave the house“. India Today (28-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2014-yil.
- ↑ Vickey Lalwani. „Bigg Boss 8: Sonali Raut returns to the show“. Mumbai Mirror (2-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2014-yil.
- ↑ „Sonali Raut: Happy to be out of Bigg Boss at the right time“. India Today (5-yanvar 2015-yil). — „Sonali Raut, who was evicted from the house recently, is happy to step out after her stint on the show for 105 days.“. Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
- ↑ „My image in the real world is important to me: Sonali Raut“. Hindustan Times (6-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 14-mart 2020-yil.
- ↑ „Sonali Raut gives Hate Story 3 a miss“. Times of India (2-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 18-mart 2020-yil.
- ↑ Shweta Parande. „Great Grand Masti song Lipstick Laga Ke: Sonali Raut is HOT in this peppy number!“. India.com (14-iyul 2016-yil). Qaraldi: 16-iyul 2016-yil.
- ↑ „Fface roped in Bollywood diva Sonali Raut as the cover Girl“. India Blooms (8-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 2-may 2020-yil.
- ↑ „Bipasha Basu teams up with husband Karan Singh Grover for web project Dangerous, see pic“. Hindustan Times (6-avgust 2020-yil).
- ↑ „Shaan and Sonali Raut snapped during 'Sniper' song shoot“. Bollywood Hungama (2-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Did Sonali Raut slap Zoya Afroz on Kapil Sharma's show?“. India Today (6-may 2014-yil). Qaraldi: 23-mart 2020-yil.
- ↑ „Bigg Boss 8: Is Salman Khan protecting Sonali Raut from eviction?“. India.com (30-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 23-mart 2020-yil.
- ↑ „"I Did Bigg Boss For Salman Khan": Sonali Raut“. Bollywood Hungama. Qaraldi: 23-mart 2020-yil.
- ↑ „When Salman Khan compared Sonali Raut to Katrina Kaif on Bigg Boss 8!“. Dna India (20-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 23-mart 2020-yil.
- ↑ „Sonali Raut in Comedy Classes“. Tellychakkar (23-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-mart 2020-yil.
- ↑ „Sonali Raut is back on TV!“. India Forums (24-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-mart 2020-yil.
- ↑ „Comedy Classes Gossips: Sonali Raut to enter as a guest“. Tellydhamaal (25-iyul 2015-yil). Qaraldi: 24-mart 2020-yil.
- ↑ „200 Actors, 10 Teams, and 1 Winner... Let The Game Begin“. India.com. Qaraldi: 4-mart 2016-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Sonali Raut Facebook sahifasi
- Sonali Raut IMDbda