Soma koni fojiasi
Soma koni fojiasi 2014-yil 13-mayda Turkiyaning Soma shahridagi koʻmir konida sodir boʻldi. Kon ichi portlab, natijada yongʻin vujudga keldi, 15-maygacha kon yondi.[1][2] Hodisa tufayli 301 kishi halok boʻlib, Turkiya tarixidagi eng katta kon fojiasi boʻldi. Kon egasi Soma Kömür İşletmeleri A.Ş. kompaniyasidir. Portlash elektrik jihoz nosozligi tufayli roʻy berganligi taxmin etildi.[3] Portlash vaqtida konda 787 ishchi bor edi. 16-may kuni energetika va tabiiy resurslar vaziri Taner Yıldız halok boʻlganlar soni 301 deb eʼlon qildi.[4] 120 ishchi hali ham konda qolib, ularni qutqarish ishlari olib borilmoqda.[4]
Konchilar 2013-yil oxirida xavfli ish sharoitlari yuzasidan eʼtiroz bildirishgan edi, lekin Turkiya Oliy Millat Majlisi kon xavfsizligini tekshirishga talabni rad etgan edi.[5] [6]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Turkish mine disaster: Unions call protest strike. BBC News. 15 May 2014.
- ↑ http://www.theguardian.com/world/2014/may/15/mining-disaster-mourning-in-turkey
- ↑ Turkey mine disaster: firm claims 'unprecedented' fire. TurkishPress.com (2014-05-15). Asl nusxadan arxivlandi (2014-05-17). 2014-05-15.
- ↑ 4,0 4,1 Bakan açıkladı: Ölü sayısı 284'e yükseldi. haber7 (16 May 2014). 16 May 2014.
- ↑ Ensor, Josy (13 May 2014). "Hundreds of miners trapped after explosion in Turkish coal mine". The Daily Telegraph. http://www.telegraph.co.uk/news/worldnews/europe/turkey/10828189/Hundreds-of-miners-trapped-after-explosion-in-Turkish-coal-mine.html. Qaraldi: 13 May 2014.
- ↑ Saul, Heather (14 May 2014). Turkey coal mine explosion: Protests erupt in Soma after PM claims ‘explosions like these happen all the time’. The Independent. 14 May 2014.
Havolalar[tahrir]
- Turkiya voqealari Arxivlandi 2014-05-17Wayback Machine saytida., Kun.uz
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |