Kontent qismiga oʻtish

Soliq akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi yoki Soliq akademiyasisoliq tizimiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent shahrida joylashgan. 2001-yil 10 yanvarda Soliq va bojxona organlari akademiyasi sifatida tashkil etilgan. 2003-yil 23 mayda Oliy harbiy bojxona instituti tashkil etilishi munosabati bilan qayta nomlanib, Oʻzbekiston davlat soliq qoʻmitasi tasarrufiga kiritilgan. Soliq akademiyasida solikdar va soliqqa tortish mutaxassisligi boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi, soliq tizimi xodimlarining malakasi oshiriladi. 10 kafedra bor. 2003/2004 oʻquv yilida 58 ta professoroʻqituvchi, shu jumladan, 10 fan doktori va 24 fan nomzodi ishladi. 200 talaba, bir yillik qayta tayyorlash kursida 25 talaba oʻqidi, 3 mingga yaqin soliq tizimi xodimlari malakasi oshirildi. Soliq ishi sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning shu kabi oʻquv boʻlinmalari bilan amaliy, uslubiy aloqalar oʻrnatish, ilmiy adabiyotlar tayyorlash va nashr etish ishlarini bajaradi. Drlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash mavjud. Aspiranturasi bor. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]