Solih al-Istoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Solih al-Istoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti X asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Solih al-Istoniy (arabcha: صالح الإستانى — Abu Shuʼayb Solih ibn Umar al-Istoniy) — Roviy.

Toʻliq ismi Abu Shuʼayb Solih ibn Umar ibn al-Abbos ibn Hamza ibn Amr ibn Aʼyan al-Xazoʻiy al-Istoniy. U X asrda Samarqandga qarashli Iston qishlogʻida tugʻilgan. Solih al-Istoniy ham va uning akasi Iso ibn Umar ham hadis roviylari boʻlgan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Solih al-Istoniy Isʼhoq ibn Ibrohim ad-Dabriy, Abu Yahyo Zakariyo ibn Yahyo An-Naqid va Muhammad bin Nasr Al-Marvaziylardan hadis tinglagan va rivoyat qilgan[1].

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Solih al-Istoniydan Abu al-Hasan Muhammad bin Al-Husayn Al-Xayyati Al-Jurjoniy Al-Hofiz hadis rivoyat qilgan[2].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Solih al-Istoniy X asr oxirida vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J.1. — Bayrut: Doru ihyoʻu-t-turos, 1979. -B. 206.
  2. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 133.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 33.