Sokollu Mehmet posho masjidi (Büyükçekmece)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sokollu Mehmet posho masjidi (Büyükçekmece)
turkcha: Sokollu Mehmet Paşa Camii
Sokollu Mehmet posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Büyükçekmece
Koordinatalar 41°01′20″N 28°34′34″E / 41.02222°N 28.57611°E / 41.02222; 28.57611 G OKoordinatalari: 41°01′20″N 28°34′34″E / 41.02222°N 28.57611°E / 41.02222; 28.57611 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik sanasi 1567 yil
Minoralar soni 1

Sokollu Mehmet posho masjidi (turkcha: Sokollu Mehmet Paşa Camii) – Köprübaşı (Koʻprikboshi) nomi bilan ham tanilgan XVI asrga oid Usmonli masjidi xarobasi. Inshoot Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xaroba Istanbul tumanlaridam biri boʻlgan Büyükçekmeceda joylashgan. Bino Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon (taxminan 1488 yoki 1490–1588) tomonidan loyihalashtirilgan va 1567-yilda sadr vazir Sokollu Mehmed posho (vazirlik yillari 1565–1579) uchun qurdirilgan. Bino Istanbulda joylashgan meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan qurilgan xuddi shu nomdagi uchta masjiddan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda masjidning faqatgina minora, bitta darvoza va past devori saqlanib qolgan. Masjid minorasining dizayni noyob usulda qurilgan boʻlib, Misrda ham shunga oʻxshash minora mavjud.

Masjid Kanuniy Sulton Sulaymon koʻprigining sharqiy chekkasida bunyod etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sokullu Mehmet Paşa Mosque“ (en). Büyükçekmece Belediyesi. 2018-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-avgust.