Sokollu Mehmed Posho ko'prigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Dünya MiraslarıSokullu Mehmet Posho ko'prigi yoki Drina ko'prigi - 1577 - yilda Sokullu Mehmet Posho buyrug'i bilan Mimar Sinan tomonidan Drina daryosi ustida qurilgan 11 ustunli ko'prikdir[1]. Ko'prik bugungi kunda Bosniya va Gertsegovina sharqidagi Visegrad shahrida joylashgan.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko'prik Drina daryosini shimoldan janubga qarab kesib o'tadi. Eni 7 metr va uzunligi qariyb 180 metr bo‘lgan ko‘prik kesilgan tosh bo'laklardan qurilgan. Ko'prik, ayniqsa 20-asr oxirida Bosniya-Gersegovinadagi fuqarolar urushi paytida jiddiy shikastlangan.

Ko‘prikka daryo uchun qurilgan to‘g‘on tufayli va viloyatda suv oqimining o‘zgarishi natijasida poydevoriga, ustunlariga sezilarli darajada zarar yetgan. Drina ko'prigining restavratsiyasi Turkiya Bosh vazirligiga qarashli Turk hamkorlik va taraqqiyot boshqarmasi (TIKA) tomonidan Jemal Biyedich universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ko'prik - dunyo adabiyotida Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan yozuvchi Ivo Andrikning "Drinadagi ko'prik" romani orqali tanilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mimar Sinan’ın muhteşem eserleri“. www.tariharastirmalari.com. 12 aralık 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 nisan 2014.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]