Sofiya Niyozova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sofiya Niyozova
tojikcha: София Ниёзова
Tavalludi 1919-yil 24-dekabr
Vafoti 10-dekabr 2010-yil(2010-12-10)
(90 yoshda)
Tojikiston
Fuqaroligi Tojikiston
Taʼlimi Samarqand tibbiyot instituti
Kasbi Ginekolog
Mukofotlari

Sofiya Niyozova (tojikcha: София Ниёзова, 1919-yil 24-dekabr – 2010-yil) – tojikistonlik shifokor, akisherlik ginekologiya boʻyicha tibbiyot fanlari doktori, dotsent. SSSRda xizmat koʻrsatgan shifokor, "Mehnat Qizil Bayroq" ordeni sohibasi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand shahrida ishchi oilasida tugʻilgan Niyozova 1941-yilda Samarqand tibbiyot institutini tamomlagan. Keyingi yili u Tojikiston SSR sogʻliqni saqlash inspektori lavozimida ish faoliyatini boshlagan. Sogʻliqni saqlash vazirligida endigina ish faoliyatida oʻzini koʻrsata boshlagan vaqtda Niyozova egallab turgan inspektorlik lavozimni Ikkinchi Jahon urushi paytida shifokor boʻlib xizmat qilish uchun tark etgan[2].

Sofiya Niyozova urushning asosiy qismini Ukrainada oʻtkazgan va jang maydonlarida yaralangan minglab askarlarni davolab frontga qaytishiga koʻmaklashgan. 1946-yilda u Tojikistonga qaytib kelgan. Oradan ikki yil oʻtib Sofiya Niyozova Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi boʻlgan. 1953-yilda Tojikiston davlat tibbiyot institutining akusherlik va ginekologiya kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida ish boshlagan va 1976-yilda tibbiyotdan nafaqaga chiqqunga qadar shu lavozimda faoliyat yuritgan. Keyingi yillarda u tibbiyot fanlari doktori (1956-yilda) va dotsenti (1961-yilda) unvonlarni qoʻlga kiritgan.

Niyozova faoliyati davomida turli mukofotlarga sazovor boʻlgan. 1956-yilda u tojikistonda xizmat koʻrsatgan shifokor unvoniga sazovor boʻlgani; 1969-yilda „Tojikistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ unvonini qoʻlga kiritgan. 1970-yilda Sofiya Niyozova Ittifoq miqyosida xizmat koʻrsatgan shifokor unvoniga sazovor boʻlgan. Shuningdek, Sofiya Niyozova Ittifoq miqiyosida qilgan mehnatlari uchun "Mehnat Qizil Bayroq" ordeni va Tojikiston Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy ordeni bilan taqdirlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ниёзова София - Таджикистан - Энциклопедия на таджикском языке“, Таджикистан - Энциклопедия на таджикском языке, qaraldi: May 19, 2020
  2. 2,0 2,1 „Niyozmuhammadov, Bobojon – Prominent tajik figures of the“. fayllar.org. 2022-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-noyabr.