Sobiq Yugoslaviya boʻyicha Xalqaro tribunal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sobiq Yugoslaviya boʻyicha Xalqaro tribunal — BMT sudi boʻlib, 1990-yillarda Bolqonda yuz bergan mojarolar paytida sodir etilgan urush jinoyatlarini koʻrib chiqqan. Sudning vakolatli muddati mobaynida, yaʼni 1993-2017-yillarda xalqaro huquq qiyofasini butunlay oʻzgartirdi, jabrlanuvchilarga oʻzlari boshidan oʻtkazgan va guvohi boʻlgan dahshatlar haqida soʻzlab berish imkoniyatini taqdim qildi. Shuningdek, qurolli toʻqnashuvlar paytida sodir etilgan vahshiyliklar uchun eng katta javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan gumon qilinganlarni hisobga olish mumkinligini isbotladi. Xalqaro tribunal Xavfsizlik Kengashining 1993-yil 25-maydagi 827-son rezolyutsiyasi bilan Niderlandiyaning Gaaga shahrida tashkil etilgan[1].

BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Xalqaro tribunalning tashkil qilinishi, 1993-yil

Tashkil etish jarayonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sudning tuzilishi va tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil sentabr oyida BMT ning Sobiq Yugoslaviya Xalqaro tribunalining maqomi boʻyicha yangilangan hujjati qabul qilindi. Uning 11-moddasiga koʻra, xalqaro sudlar quyidagi organlardan iborat boʻlishi kerakligi koʻrsatilgan:

  • Palatalar (3 ta sud palatasi va apellatsiya palatasi)
  • Prokuror idorasi
  • Roʻyxatga olish idorasi (Palatalar va Prokuror ham tarkibida xizmat qiladi)

Endilikda hujjatning 12-moddasida Palatalar aʼzolarining maksimal miqdori 16 nafar mustaqil sudyalardan tashkil qilinishi, ularning hech biri bir mamlakatning bir millatga mansub sudyalari boʻlmasligi lozim. 12 nafar mustaqil ad litem sudyalari har qanday vaqtda hujjatning 13-moddasiga koʻra lavozimga tayinlanishlari mumkin. Prokurorning vazifasi 16-modda 1-qismiga muvofiq 1991-yil 1-yanvaridan sobiq Yugoslaviya hududida xalqaro gumanitar huquqning qoʻpol buzilish holatlarini sodir qilishda javobgar boʻlgan shaxslarni tergov qilish va jazolash hisoblanadi. Prokuror Xalqaro tribunaldan mustaqil faoliyat yurituvchi organ sanaladi va u hech qanday davlat hukumatlaridan koʻrsatma, yoʻl-yoʻriqlar olmaydi. Prokuror BMT Bosh kotibining taqdimnomasiga binoan Xavfsizlik Kengashi tomonidan tayinlanadi. Roʻyxatga olish idorasi vazifalari hujjatning 18-moddasida koʻrsatilgan boʻlib, u Xalqaro tribunalning faoliyati va maʼmuriyatiga javob beradi. Roʻyxatga olish idorasi Registrar va talab qilingan xodimlardan iborat. Registrar Xalqaro tribunal Prezidenti bilan maslahatlashuvdan soʻng BMT Bosh kotibi tomonidan tayinlanadi [1].

Sud xarajatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq Yugoslaviya boʻyicha xalqaro tribunal xalqaro sud hisoblanadi. Jinoyat ishlari boʻyicha milliy sudlar uchun umumiy boʻlgan vazifalardan tashqari u boshqa turli xil faoliyat va vazifalarni ham amalga oshiradi. Uning uchta asosiy organi — Palatalar, Prokuror idorasi (ingl. Office of the Prosecutor-OTP) va Roʻyxatga olish idorasi — barchasi milliy tizimlarda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari tomonidan bajariladigan qoʻshimcha vazifalarga ega. Tribunalning har bir boʻlimi tribunalning byudjetining oʻz qismini rejalashtirish va sarflash uchun javobgardir. Tribunalning Prokuror idorasi tergovchilarning dalillarni toʻplash va guvohlarni soʻroq qilish uchun butun dunyo boʻylab sayohatini tashkillashtiradi va moliyalashtiradi, bu vazifa, odatda, milliy tizimlarda faoliyat yurituvchi politsiya tomonidan bajariladi. Jarayonlar, voqea joyini koʻzdan kechirish, sud-tibbiy ekspertiza va boshqa ekspertizalar bilan Tribunal byudjetidan katta mablagʻ talab qiladi. Ushbu byudjetga qoʻshimcha ravishda, baʼzi davlatlar ommaviy qabrlarni eksgumatsiya qilish kabi aniq tergov harakatlari uchun qoʻshimcha resurslarni taqdim etish orqali Tribunalni saxiylik bilan qoʻllab-quvvatlaydilar. Xalqaro tribunalda, bundan tashqari, himoya va yordam koʻrsatadigan Qurbonlar va guvohlar boʻlimi (ingl. Victims and Witnesses Section-VWS) mavjud.

Srebrenisa shahrining Sansara vodiysidagi eksgumatsiya jarayonlari

Qurbonlar va guvohlar boʻlimi Xalqaro tribunal oldida guvohlik berish uchun Gaagaga boradigan barcha kishilarning sayohat va turar joy, shuningdek, asosiy xarajatlarini (ovqatlanish va tibbiy xarajatlar kabi) qoplab beradi. Tribunalda Konferensiya va til xizmatlari boʻlimi (ingl. Conference and Language Services Section-CLSS) deb nomlangan muhim tarjimonlik idorasi mavjud boʻlib, ularsiz hech qanday jarayon boʻlishi mumkin emas. Konferensiya va til xizmatlari boʻlimi barcha uchta sud zalidagi sud jarayonlarini ingliz, fransuz, bosniya/xorvat/serb tillariga hamda Kosovo va Makedoniya bilan bogʻliq ishlarda mos ravishda alban va makedon tillariga sinxron tarjima qiib boradi. Konferensiya va til xizmatlari boʻlimi, qoʻshimcha ravishda, sud qarorlari, farmoyishlari va hukmlari kabi barcha Tribunal hujjatlarini, shuningdek, minglab sahifa guvohliklar va sud jarayonida qoʻllanilgan dalillarga kiritilgan boshqa hujjatlarni tarjima qiladi. Tribunal odil sudlov kafolatini aks ettiruvchi oʻzining yuridik yordam tizimiga ham ega. Ayblanuvchilarning koʻpchiligi oʻz himoyachisi uchun yoki xizmatlarning bir qismi uchun pul toʻlashga qodir emas, shuning uchun bu xarajatlar Tribunal tomonidan qoplanadi. Yuridik yordam tizimi Tribunalning yillik byudjetining taxminan 11 % ni tashkil qiladi. Tribunal oʻzining ushlab turish boʻlimini boshqaradi. Milliy tizimda bu vazifa Sudning asosiy faoliyatiga kirmaydi, balki hukumatlar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, ushbu xalqaro sud institutining oʻziga xos maqomidan kelib chiqqan holda, ushlab turish boʻlimi faoliyati faqat Tribunal byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi, garchi BMT muassasasi Gollandiyadagi jazoni ijro etish muassasasi devorlari ichida joylashgan boʻlsa ham. Qabul qiluvchi hukumat mahbuslarni aeroportlar, hibsxona boʻlimi, sud va zaruratga qarab boshqa muassasalar oʻrtasida tashish uchun javobgardir. Tribunal, shuningdek, oʻz binolari, xodimlari, tashrif buyuruvchilar va ayblanuvchilarni himoyasi uchun javobgardir. Uning binolari, inshootlari, barcha xodimlarning ish haqi Tribunal byudjetiga kiritilgan. Bu tadbirlarning barchasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan Tribunal byudjetida nazarda tutilgan[2].

Sud jarayonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yil may oyida BMT Xavfsizlik Kengashi Sobiq Yugoslaviya uchun Xalqaro tribunal tashkil qildi va sud urushdan keyingi yillarda mojaroda ishtirok etgan har bir etnik va millat vakillariga qarshi ayblovlar qoʻydi. Biroq, eng muhimi, koʻpchilik ayblovlar serb va bosniyalik serb rasmiylariga nisbatan ilgari surildi[3]. Sud jarayonlari salkam chorak asr, yaʼni 10,800 kun davom etdi, bu davr mobaynida sud 161 nafar shaxslarni aniqlagan boʻlib ularning ichida sobiq davlat rahbarlari va harbiy boshliqlar ham bor edi. 4650 nafar guvohlarning koʻrsatmalari tinglangan, jami sud hujjatlari 2,5 million sahifani tashkil qilgan[4].

Aybdorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro tribunal tomonidan jami 161 nafar shaxs aniqlangan[5]. Goran Hadžić 2011-yil 20-iyulda qoʻlga olinganidan soʻng hech qanday ayblanuvlar qolmadi[6]. Ushbu roʻyxatda ularning qaysi tomonlarda boʻlganliklari, ularga qarshi eʼlon qilingan ayblovlar va ishlarning oʻziga xosliklari berib oʻtilgan. Roʻyxatda, shuningdek, Xalqaro tribunal tomonidan ayblovlari olib tashlangan shaxslar haqida ham maʼlumotlar oʻrin olgan. Bosniyalik serb qoʻshinlari safida kurash olib borgan bosniyalik Dražen Erdemović va etnik xorvat, Yugoslaviya davlat xavfsizlik xizmatining yuqori martabali rasmiylaridan boʻlgan Franko Simatović lar diniy va etnik jihati kesishgan yagona aybdorlardir.Biljana Plavšić esa Xalqaro tribunal ishidagi yagona ayol ayblanuvchi sanaladi. Roʻyxatda 161 ta nom berilgan. 94 nafari serbiyaliklar, 29 nafari xorvatlar, 9 nafari albanlar, 9 nafari bosniyalik, 2 nafari makedoniyalik (etnik jamoa) va 2 nafari esa montenegrolik (etnik guruh). Boshqalarning etnik mansubligi nomaʼlum yoki ularning ayblovlari olib tashlangan. Shuningdek, ayblanuvchilarning 62 nafari serbiyalik, 18 nafari xorvatiyalik, 5 nafari bosniyalik, 2 nafari montenegrolik (etnik guruh), 1 nafari makedoniyalik (etnik guruh) va 1 nafari esa albaniyalik.

Ismi Qaysi tomonda turganligi Maqomi Ishning nomi Nimada ayblangani: Soʻnggi qaror Yakun Havola
G I U C Jazo Muddati
Ačar, Suavi Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Lašva vodiysi 7 yil 2000-yil 24-mart 2001-yil 14-noyabrda ozod qilingan IT-95-14/1
Babić, Milan Krajina serb Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan RSK 13 yil (Aybini tan olgan) 2005-yil 18-iyul 2006-yil 5-martda qamoqxonada oʻz joniga qasd qilgan IT-03-72
Banović, Predrag Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Omarska va Keraterm lagerlari 8 yil (Aybini tan olgan) 2003-yil 28-oktabr 2008-yil 3-sentabrda ozod qilingan IT-02-65/1
Blagojević, Vidoje Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 15 yil 2007-yil 9-may 2012-yil 22-dekabrda ozod qilingan IT-02-60
Jokić, Dragan Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 9 yil 2010-yil 13-yanvarda ozod qilingan
Blaškić, Tihomir Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Lašva vodiysi 9 yil 2004-yil 29-iyul 2004-yil 2-avgust kuni ozod qilingan IT-95-14
Bobetko, Janko Xorvatiya Respublikasi Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan Medak Pocket Tribunalga topshirishdan oldin vafot etgan IT-02-62
Boškoski, Ljube Makedoniya Respublikasi Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2010-yil 19-may IT-04-82
Tarčulovski, Johan Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 12 yil 2013-yil 8-aprelda ozod qilingan
Bralo, Miroslav Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Lašva vodiysi 20 yil 2007-yil 2-aprel Jazo muddatini oʻtamoqda IT-95-17
Brđanin, Radoslav Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Krajina 30 yil 2007-yil 3-aprel Jazo muddatini oʻtamoqda IT-99-36
Češić, Ranko Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Brčko 18 yil (Barcha ayblovlarni tan oldi) 2004-yil 11-mart 2015-yil 25-mayda ozod qilingan IT-95-10/1
Delić, Rasim Bosniya va Gersegovina Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 3 yil 2008-yil 15-sentabr Delić 2010-yil 16-aprel kuni shartli ozod qilish vaqtida vafot etgan. Apellatsiya palatasi apellatsiya jarayonlarini tugatgan va Sud palatasining qarori yakuniy ekanligini eʼlon qilgan IT-04-83
Deronjić, Miroslav Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Glogova 10 yil 2005-yil 20-iyul 2007-yil 19-mayda qamoqxonada vafot etgan IT-02-61
Dokmanović, Slavko Krajina serb Respublikasi Sud jarayonlari davomida vafot etgan Vukovar shifoxonasi 1998-yil 29-iyunda Xalqaro tribunal ushlab turish boʻlimida vafot etgan IT-95-13a
Đorđević, Vlastimir Serbiya and Montenegro Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Kosovo 18 yil 2014-yil 27-yanvar Jazo muddatini oʻtamoqda IT-05-87/1
Đukić, Đorđe Srpska Respublikasi Sud jarayonlari davomida vafot etgan Đukić 1996-yil 24-aprelda sogʻligʻidagi muammolar sababli ozod qilingan va 1996-yil 18-mayda vafot etgan IT-96-20
Erdemović, Dražen Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Pilica fermasi 5 yil (Urush qoidalari va odatlarini buzganligini tan olgan) 1998-yil 5-mart 1999-yil 13-avgustda ozod qilingan IT-96-22
Furundžija, Anto Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Lašva vodiysi 10 yil 2000-yil 21-iyul 2004-yil 17-avgustda ozod qilingan IT-95-17/1
Galić, Stanislav Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Umrbod qamoq jazosi 2006-yil 30-noyabr Jazo muddatini oʻtamoqda IT-98-29
Čermak, Ivan Xorvatiya Respublikasi Oqlangan "Storm" operatsiyasi Aybsiz deb topilgan 2011-yil 15-aprel IT-06-90
Gotovina, Ante Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2012-yil 16-noyabr
Markač, Mladen Oqlangan Aybsiz deb topilgan
Hadžić, Goran Krajina serb Respublikasi Sud jarayonlari davomida vafot etgan 2016-yil 24-mart Sud palatasi Hadžićni sudda muhokama qilishga layoqati yoʻqligini eʼlon qildi va jarayonni nomaʼlum muddatga toʻxtatdi. Sud palatasi 2016-yil 12-iyulda uning vafotidan soʻng unga qarshi ishni topdi IT-04-75
Hadžihasanović, Enver Bosniya va Gersegovina Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Markaziy Bosniya 3½ yil 2008-yil 22-aprel 2008-yil 23-aprelda jazo muddatini oʻtab boʻlganligi munosabati bilan ozod qilingan IT-01-47
Kubura, Amir Xalqato tribunal tomonidan hukm qilingan 2 yil 2006-yil 11-aprelda ozod qilingan
Alagić, Mehmed Sud jarayonlari davomida vafot etgan Alagić 2003-yil 7-martda vafot etgan
Halilović, Sefer Bosniya va Gersegovina Respublikasi Oqlangan Grabovica-Uzdol Aybsiz deb topilgan 2007-yil 16-oktabr Tezda ozod qilingan IT-01-48
Haradinaj, Ramush Kosovo ozodlik armiyasi Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2012-yil 29-noyabr Tezda ozod qilingan IT-04-84
Balaj, Idriz Oqlangan Aybsiz deb topilgan Tezda ozod qilingan
Brahimaj, Lahi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 6 yil 2010-yil 21-iyul
Jelisić, Goran Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Brčko 40 yi (Ayblovni tan olgan) 2001-yil 5-iyul Jazo muddatini oʻtamoqda IT-95-10
Jokić, Miodrag Serbiya and Montenegro Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Dubrovnik 7 yil (Barcha ayblovlarni tan olgan) 2005-yil 30-avgust 2008-yil 1-sentabrda ozod qilingan IT-01-42/1
Kordić, Dario Gerseg-Bosniya Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Lašva vodiysi 25 yil 2004-yil 17-dekabr 2014-yil 6-iyunda ozod qilingan IT-95-14/2
Čerkez, Mario Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 6 yil 2004-yil 2-dekabrda jazo muddatini oʻtab boʻlganligi munosabati bilan ozod qilingan
Šantić, Ivan Ayblovlar olib tashlangan
Skopljak, Pero Ayblovlar olib tashlangan
Kovačević, Milan Srpska Respublikasi Sud jarayonlari davomida vafot etgan Prijedor Kovačević 1998-yil 1-avgustda Xalqaro tribunalning ushlab turish boʻlimida vafot etgan IT-97-24
Drljača, Simo Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan Drljača tribunalga topshirishdan oldin vafot etgan
Krajišnik, Momčilo Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Bosniya and Gersegovina 20 yil 2009-yi 17-mart 2013-yil 30-avgustda ozod qilingan IT-00-39
Krnojelac, Milorad Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Foča 15 yil 2003-yil 17-sentabr 2009-yil 9-iyul IT-97-25
Krstić, Radislav Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Srebrenisa-Drina korpusi 35 yil 2004-yil 19-aprel Jazo muddatini oʻtamoqda IT-98-33
Kunarac, Dragoljub Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Foča 28 yil 2002-yil 12-iyun Jazo muddatini oʻtamoqda IT-96-23 & 23/1
Kovač, Radomir Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 20 yil 2013-yi 30-iyun ozod qilingan
Vuković, Zoran Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 12 yil 2008-yil 11-martda ozod qilingan
Josipović, Drago Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Lašva vodiysi 12 yil 2001-yil 23-oktabr 2006-yil 30-yanvarda ozod qilingan IT-95-16
Šantić, Vladimir Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 18 yil 2009-yil 9-fevralda ozod qilingan
Kupreškić, Zoran Oqlangan Aybsiz deb topilgan Tezda ozod qilingan
Kupreškić, Mirjan Oqlangan Aybsiz deb topilgan Tezda ozod qilingan
Kupreškić, Vlatko Oqlangan Aybsiz deb topilgan Tezda ozod qilingan
Papić, Dragan Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2000-yil 14-yanvar Tezda ozod qilingan
Alilović, Stipo Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan
Katava, Marinko Ayblovlar olib tashlangan
Kvočka, Miroslav Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Omarska, Keraterm & Trnopolje lagerlari 7 yil 2005-yil 28-fevral 2005-yil 30-martda ozod qilingan IT-98-30/1
Prcać, Dragoljub Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 5 yil 2005-yil 3-martda ozod qilingan
Radić, Mlađo Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 20 yil 2012-yil 31-dekabrda ozod qilingan
Žigić, Zoran Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 25 yil 2014-yil 16-dekabrda ozod qilingan
Kos, Milojica Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 6 yil 2001-yil 2-noyabr 2002-yil 30-iyulda ozod qilingan
Limaj, Fatmir Kosovo ozodlik armiyasi Oqlangan Lapušnik lageri Aybsiz deb topilgan 2007-yil 27-sentabr Tezda ozod qilingan IT-03-66
Musliu, Isak Oqlangan Aybsiz deb topilgan Tezda ozod qilingan
Bala, Haradin Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 13 yil 2012-yil 31-dekabrda ozod qilingan
Murtezi, Agim Ayblovlar olib tashlangan
Lukić, Milan Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Višegrad Umrbod qamoq jazosi. 2012-yil 4-dekabr Jazo muddatini oʻtamoqda IT-98-32/1
Lukić, Sredoje Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 27 yil Jazo muddatini oʻtamoqda
Marinić, Zoran Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Ayblovlar olib tashlangan Lašva vodiysi IT-95-15
Martić, Milan Krajina serb Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan RSK 35 yil 2008-yil 8-oktabr Jazo muddatini oʻtamoqda IT-95-11
Milošević, Dragomir Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Sarayevo 29 yil 2009-yil 12-noyabr Jazo muddatini oʻtamoqda IT-98-29/1
Milošević, Slobodan Serbiya and Montenegro Sud jarayonlari davomida vafot etgan Kosovo, Xorvatiya and Bosniya Milošević 2006-yil 11-martda vafot etgan IT-02-54
Mrđa, Darko Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Vlašić togʻi 17 yil (Odam o'ldirish va insoniy bo'lmagan harakatlarni sodir qilganligini tan olgan) 2004-yil 31-mart 2013-yil 10-oktabrda ozod qilingan IT-02-59
Mrkšić, Mile Krajina serb Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Vukovar shifoxonasi 20 yil 2009-yil 5-may 2015-yil 16-avgust kuni qamoqxonada vafot etgan IT-95-13/1
Šljivančanin, Veselin Serbiya and Montenegro Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 10 yil 2011-yil 5-iyulda ozod qilingan
Radić, Miroslav Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2007-yil 27-sentabr
Mucić, Zdravko Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Čelebići lageri 9 yil 2003-yil 8-aprel 2003-yil 18-iyulda ozod qilingan IT-96-21
Delić, Hazim Bosniya va Gersegovina Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 18 yil 2008-yil 24-iyunda ozod qilingan
Landžo, Esad Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 15 yil 2006-yil 2-mayda ozod qilingan
Delalić, Zejnil Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2001-yil 20-fevral
Naletilić, Mladen Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Tuta va Štela 20 yil 2006-yil 3-may 2012-yil 29-noyabrda ozod qilingan IT-98-34
Martinović, Vinko Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 18 yil 2011-yil 16-dekabrda ozod qilingan
Nikolić, Dragan Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Sušica lageri 20 yil (Barcha ayblovlarni tan olgan) 2005-yil 4-fevral 2013-yil 20-avgustda ozod qilingan IT-94-2
Nikolić, Momir Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Srebrenisa 20 yil 2006-yil 8-mart 2014-yil 1-iyulda ozod qilingan IT-02-60/1
Obrenović, Dragan Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Srebrenisa 17 yil (Barcha ayblovlarni rad etgan) 2003-yil 10-dekabr 2011-yil 21-sentabrda ozod qilingan IT-02-60/2
Orić, Naser Bosniya va Gersegovina Respublikasi Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2008-yil 3-iyul IT-03-68
Perišić, Momčilo Serbiya and Montenegro Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2013-yil 28-fevral IT-04-81
Plavšić, Biljana Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Bosniya and Gersegovina 11 yil (Ayblovni tan olgan) 2003-yil 27-fevral 2009-yil 27-oktabrda ozod qilingan IT-00-39 & 40/1
Popović, Vujadin Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Srebrenisa Umrbod qamoq jazosi 2015-yil 30-yanvar Jazo muddatini oʻtamoqda IT-05-88
Beara, Ljubiša Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Umrbod qamoq jazosi 2017-yil 8-fevralda qamoqxonada vafot etgan
Nikolić, Drago Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 35 yil 2015-yil 11-oktabrda shartli ozod qilinayotganda vafot etgan
Miletić, Radivoje Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 18 yil Jazo muddatini oʻtamoqda
Pandurević, Vinko Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 13 yil 2015-yil 9-aprelda ozod qilingan
Borovčanin, Ljubomir Xalqaro tribunal tomonidan ozod qilingan 17 yil 2010-yil 10-iyun 2016-yil 1-avgustda ozod qilingan
Gvero, Milan Xalqaro tribunal tomonidan ozod qilingan 5 yil 2010-yil 28-iyunda ozod qilingan. 2013-yil 17-fevralda apellatsiya jarayonlarida vafot etgan
Prlić, Jadranko Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan ozod qilingan 25 yil 2017-yil 29-noyabr IT-04-74
Stojić, Bruno Xalqaro tribunal tomonidan ozod qilingan 20 yil
Praljak, Slobodan Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 20 yil Sud zalida oʻz joniga qasd qilgan.[7]
Petković, Milivoj Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 20 yil
Ćorić, Valentin Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 16 yil
Pušić, Berislav Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 10 yil
Rajić, Ivica Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Stupni Do 12 yil (Jeneva konvensiyasi bo'yicha qabrni tahqirlashni sodir qilganligini tan olgan) 2006-yil 8-may 2011-yil 22-avgustda ozod qilingan IT-95-12
Ražnatović, Željko "Arkan" Serbiya and Montenegro Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan Ražnatović 2000-yil yanvarda Belgradda vafot etgan IT-97-27
Milutinović, Milan Serbiya and Montenegro Oqlangan Aybsiz deb topilgan 2009-yil 26-fevral IT-05-87
Ojdanić, Dragoljub Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 15 yil 2013-yil 10-iyulda ozod qilingan
Šainović, Nikola Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 18 yil 2014-yil 23-yanvar 2015-yil 10-iyulda ozod qilingan
Pavković, Nebojša Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 22 yil Jazo muddatini oʻtamoqda
Lazarević, Vladimir Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 14 yil 2015-yil 7-sentabrda ozod qilingan
Lukić, Sreten Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 20 yil Jazo muddatini oʻtamoqda
Sikirica, Duško Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Keraterm lageri 15 yil (Ayblovni tan olgan) 2001-yil 13-noyabr 2010-yil 21-iyunda ozod qilingan IT-95-8
Došen, Damir Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 5 yil (Ayblovni tan olgan) 2003-yil 28-fevralda ozod qilingan
Kolundžija, Dragan Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 3 yil (Ayblovni tan olgan) 2001-yil 5-dekabrda ozod qilingan
Timarac, Nedjeljko Ayblovlar olib tashlangan
Lajić, Goran Ayblovlar olib tashlangan
Kondić, Dragan Ayblovlar olib tashlangan
Šaponja, Dragomir Ayblovlar olib tashlangan
Janjić, Nikica Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan
Simić, Blagoje Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Bosanski Šamac 15 yil 2006-yil 28-noyabr 2011-yil 16-martda ozod qilingan IT-95-9
Tadić, Miroslav Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 8 yil 2003-yil 17-sentabr 2004-yil 4-noyabrda ozod qilingan
Zarić, Simo Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 6 yil 2004-yil 28-yanvarda ozod qilingan
Miljković, Slobodan Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan
Simić, Milan Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Bosanski Šamac 5 yil (Qiynash sodir qilganligini tan olgan) 2002-yil 17-oktabr 2003-yil 3-noyabrda ozod qilingan IT-95-9/2
Stakić, Milomir Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Prijedor 40 yil 2006-yil 22-mart Jazo muddatini oʻtamoqda IT-97-24
Stanišić, Mićo Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Bosniya and Gersegovina 22 yil 2016-yil 30-iyun IT-08-91
Župljanin, Stojan Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan 22 yil
Strugar, Pavle Serbiya and Montenegro Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Dubrovnik 8 yil 2008-yil 17-iyul 2009-yil 20-fevralda ozod qilingan IT-01-42
Zec, Milan Ayblov olib tashlangan
Tadić, Duško Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Prijedor 20 yil 2000-yil 26-yanvar 2008-yil 17-iyulda ozod qilingan IT-94-1
Borovnica, Goran Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan Borovnica 1995-yilda bedarak yoʻqolgan va 1996-yil 22-noyabrda vafoti rasman eʼlon qilingan
Talić, Momir Srpska Respublikasi Sud jarayonlari davomida vafot etgan Krajina 2003-yil 28-mayda vafot etgan IT-99-36/1
Todorović, Stevan Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Bosanski Šamac 10 yil (Ayblovni tan olgan) 2001-yil 31-iyul 2005-yil 22-iyunda ozod qilingan. 2006-yil 3-sentabrda vafot etgan IT-95-9/1
Tolimir, Zdravko Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Srebrenisa Umrbod qamoq jazosi 2015-yil 8-aprel 2016-yil 8-fevral kuni qamoqqa oʻtkazilishi arafasida vafot etgan IT-05-88/2
Vasiljević, Mitar Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Višegrad 15 yil 2004-yil 25-fevral 2010-yil 12-martda ozod qilingan IT-98-32
Zelenović, Dragan Srpska Respublikasi Xalqaro tribunal tomonidan hukm qilingan Foča 15 yil 2007-yil 31-oktabr 2015-yil 4-sentabrda ozod qilingan IT-96-23/2
Janjić, Janko Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan
Gagović, Dragan Sud jarayonlaridan oldin vafot etgan 1999-yilda vafot etgan.
Janković, Gojko Srpska Respublikasi Milliy sudlarga oʻtkazilgan Foča 2005-yil 8-dekabrda Bosniya va Gersegovina davlat sudiga oʻtkazilgan. 2007-yil 19-noyabrda 34 yilga hukm qilingan IT-96-23/2
Stanković, Radovan Milliy sudlarga oʻtkazilgan 2005-yil 29-sentabrda Bosniya va Gersegovina davlat sudiga oʻtkazilgan. 2007-yil 28-martda 20 yilga hukm qilingan
Rašević, Mitar Srpska Respublikasi Milliy sudlarga oʻtkazilgan Foča 2006-yil 3-oktabrda Bosniya va Gersegovina davlat sudiga oʻtkazilgan. 2008-yil 28-fevralda 8½ yilga hukm qilingan IT-97-25/1
Todović, Savo Milliy sudlarga oʻtkazilgan 2006-yil 3-oktabrda Bosniya va Gersegovina davlat sudiga oʻtkazilgan. 2008-yil 12-fevralda 12½ yilga hukm qilingan
Trbić, Milorad Srpska Respublikasi Milliy sudlarga oʻtkazilgan Srebrenisa Sud ishi 2007-yil 11-iyunda Bosniya va Gersegovina davlat sudiga oʻtkazilgan. 30 yilga hukm qilingan IT-05-88/1
Ademi, Rahim Xorvatiya Respublikasi Sud ishi 2005-yil 1-noyabrda Xorvatiyaga oʻtkazilgan Medak Pocket Sud ishi 2005-yil 1-noyabrda Xorvatiyaga oʻtkazilgan. Zagreb sudi tomonidan barcha ayblovlardan ozod qilingan. IT-04-78
Norac, Mirko Milliy sudlarga oʻtkazilgan Sud ishi 2005-yil 1-noyabrda Xorvatiyaga oʻtkazilgan. Zagreb sudi tomonidan 7 yilga hukm qilingan
Kovačević, Vladimir Serbiya and Montenegro Milliy sudlarga oʻtkazilgan Dubrovnik Sud ishi 2006-yil 17-noyabrda Serbiyaga oʻtkazilgan. Kovačević Serbiya tomonidan aybdor, deb topilgan, ammo sogʻligʻidagi muammo sababli sud qilinmagan IT-01-42/2
Ljubičić, Paško Gerseg-Bosniya xorvat Respublikasi Milliy sudlarga oʻtkazilgan Lašva vodiysi Sud ishi Bosniya va Gersegovinaga oʻtkazilgan. 10 yilga hukm qilingan IT-00-41
Mejakić, Željko Srpska Respublikasi Milliy sudlarga oʻtkazilgan Omarska va Keraterm lagerlari Sud ishi Bosniya va Gersegovinaga oʻtkazilgan. 21 yilga hukm qilingan IT-02-65
Gruban, Momčilo Milliy sudlarga oʻtkazilgan Sud ishi Bosniya va Gersegovinaga oʻtkazilgan. 7 yilga hukm qilingan
Fuštar, Dušan Milliy sudlarga oʻtkazilgan Sud ishi Bosniya va Gersegovinaga oʻtkazilgan. 9 yilga hukm qilingan
Knežević, Duško Milliy sudlarga oʻtkazilgan Sud ishi Bosniya va Gersegovinaga oʻtkazilgan. 31 yilga hukm qilingan
Govedarica, Zdravko Ayblovlar olib tashlangan
Gruban (ismi maʼlum emas) Ayblovlar olib tashlangan
Kostić, Predrag Ayblovlar olib tashlangan
Paspalj, Nedjeljko Ayblovlar olib tashlangan
Pavlić, Milan Ayblovlar olib tashlangan
Popović, Milutin Ayblovlar olib tashlangan
Predojević, Draženko Ayblovlar olib tashlangan
Savić, Željko Ayblovlar olib tashlangan
Babić, Mirko Ayblovlar olib tashlangan
Banović, Nenad Ayblovlar olib tashlangan
Simatović, Franko Serbiya and Montenegro Apellatsiya 12 yil Ikkalasidan ham 2013-yil 30-mayda Xalqaro tribunalning Sud palatasi barcha ayblovlarni olib tashlagan. 2015-yil 15-dekabrda Apellatsiya palatasi Stanišić va Simatovićni barcha sudlarning ayblovlaridan xoli, deb topdi. Qayta koʻrishda ikkalasi ham 12 yilga hukm qilindi MICT-15-96
Stanišić, Jovica Apellatsiya 12 yil
Mladić, Ratko Srpska Respublikasi Jinoiy sudlarning xalqaro qoldiq mexanizmi tomonidan hukm qilingan Ratko Mladić sudi Umrbod qamoq jazosi. 2021-yil 8-iyun Jazo muddatini oʻtamoqda MICT-13-56
Karadžić, Radovan Jinoiy sudlarning xalqaro qoldiq mexanizmi tomonidan hukm qilingan Radovan Karadžić sudi Umrbod qamoq jazosi 2019-yil 20-mart Jazo muddatini oʻtamoqda MICT-13-55
Šešelj, Vojislav Serbiya and Montenegro Jinoiy sudlarning xalqaro qoldiq mexanizmi tomonidan hukm qilingan 10 yil 2018-yil 11-aprel U sudgacha Xalqaro tribunal hibsxonasida oʻtkazgan vaqtini hisobga olib, hukm oʻtgan deb eʼlon qilindi MICT-16-99

Sudning yakuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 22-noyabrda Xalqaro tribunal oʻzining soʻnggi ishini koʻrdi. Sud 1992-1995-yillarda Bosniya va Gersegovinada yuz bergan mojarolar vaqtida harbiy jinoyatlarni sodir qilgan bosniyalik serblar generali Ratko Mladić 10 va 11-bandlar boʻyicha aybdor, deb topdi. Shu bilan bir qatorda, Mladich 1995-yil Bosniya va Gersegovinadagi BMT xodimlarini garovga olishda, shuningdek, Srebrenisadagi musulmonlar qirgʻinida aybdor sifatida qaror qabul qildi. Mladich umrbod qamoq jazosiga tortildi[8]. Xalqaro tribunalning yopilish marosimida BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh qatnashib quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi[9]:

"Ushbu tribunalning tashkil etilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro miqyosdagi eng jiddiy jinoyatlarni sodir qilganlar oʻz xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerakligi toʻgʻrisida yangi va jiddiy ishonch namoyish etildi. Tribunal oʻzidan eng muhim meros qoldirdi: Sarayevo, Vukovar, Suva Reka, Srebrenisada nimalar sodir boʻlganligi toʻgʻrisida katta arxiv hujjatlari. Bu qaydlarni dunyo unutmaydi, bu tarix qayta yozilmaydi va qurbonlarning ovozi yana asrlar mobaynida qayta jaranglab turadi"

Srebrenisa qirgʻiniga bagʻishlangan xotira qabrtoshlari

Xarakterli jihatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz ishi davomida Xalqaro tribunal jamoatchilik uchun yangi soʻzlarni taqdim qildi. Bular „etnik tozalash“ va „hayotni barbod qilish maqsadida ommaviy zoʻrlash“ boʻlib, ularning ishlatilishi cheklangan boʻlsa, keyinchalik keng miqyosda qoʻllaniladigan boʻldi. Tribunal II jahon urushidan keyin oʻtkazilgan Nyurnberg sud jarayoni va Tokio tribunallaridan soʻng „uxlab qolgan“ xalqaro huquqni kengaytirdi. Slobodan Milošević zamonaviy harbiy jinoyatlar boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro sudga kelgan birinchi sobiq davlat rahbari boʻldi. Ruanda tribunalidagi sudyalar zoʻrlash genotsidning bir qismi sifatida javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytib oʻtgan boʻlsa, Bosniyada 20,000 dan ortiq zoʻrlash holatlari haqida xabar olgan sobiq Yugoslaviya Xalqaro tribunali yanada oldinga bordi va muntazam ravishda zoʻrlashni qullik, qiynoqlar va hayotni yoʻq qilish uchun qurol sifatida sanab uni urush jinoyati sifatida koʻrib chiqishdi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]