SoFaygo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SoFaygo
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Andre Dontrel Burt Jr
2001-yil 3-oktyabr
Michigan shtati, Qo'shma Shtatlar
Kasbi
  • Reper
  • Qo'shiqchi
  • Muallif
Leybl Cactus Jack
Janr Hip Hop
Faoliyat yillari 2015–hozirgacha
Veb-sayt imsofaygo.com

Andre Dontrel Burt Jr. (2001-yil 3-oktabrda tugʻilgan), professional ravishda SoFaygo nomi bilan tanilgan (ilgari $oFaygo nomi bilan ijod qilgan) — amerikalik reper. 2020-yilda Burt doʻsti reper Lil Tecca bilan birgalikda Angelic 7 miksteypini chiqardi. Bu miksteypda uning 2019-yildagi „Knock Knock“ singli bor edi.[1][2] Bu qoʻshiq 2020-yil oxirida TikTokda mashhurlikka erishdi. Oʻshandan beri qoʻshiq Spotifyda 100 milliondan ortiq eshitilgan.[3][4]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-2019: Boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burt oʻzining birinchi qoʻshigʻini toʻqqiz yoshida doʻstini uyining podvalida yozgan. U oʻrta maktabda (Jorjiya shtatida) oʻqiyotganda oʻsmirlik yillarida musiqa bilan shugʻullana boshladi.

Burt 2019-yilda oʻzining debyut miksteypini chiqardi. Koʻp oʻtmay, u muxlislar toʻplay boshladi. Bu mashhurlik uni Internet Money Records leybli asoschisi Taz Teylor u leybl bilan shartnoma imzolashni taklif qildi. Keyinchalik Burt bu taklifni koʻrib chiqish uchun Los-Anjelesga bordi, lekin oxir-oqibat rad etdi. Bu vaqtda Bert reper Lil Tecca bilan doʻstlashdi va ikkalasi hamkorlik qilishni boshladilar. Bu hamkorlik uning 2019-yildagi “Knock Knock” singli chiqarilishiga olib keldi. Loyiha chiqqandan soʻng uning onlayn muxlislari soni yanada ortdi va qoʻshiq keyinchalik TikTok ilovasida virusga aylandi.

2021-hozirgacha: After Me va Pink Heartz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp oʻtmay, u „After Me“ uchinchi miksteypini chiqardi, undan oldin „Off the Map“ va „Everyday“ singllari bor edi. 2021-yil fevral oyida Bert Travis Scottning Cactus Jack Records leybli bilan shartnoma imzoladi, leyblga Sheck Wes va Don Toliver kabi boshqa mashhur reperlar aʼzo. 2021-yil iyun oyida Burt Geniusda oʻzining „Knock Knock“ singlini ijro etdi.


2021-yil 28-iyulda SoFaygo oʻzining Instagram va Twitter akkauntlarida oʻzining Pink Heartz debyut albomi deyarli yakunlanganini eʼlon qildi.

2021-yil 20-avgustda SoFaygo Trippie Reddning Trip at Knight albomida „MP5“ qoʻshigʻini birgalikda kuyladi. Qoʻshiq uning Billboard Hot 100 roʻyxatidagi birinchi qoʻshigʻi boʻlib, 86-oʻrinda debyut qildi. 2021-yil 1-sentabrda u Pink Heartz uchun asosiy singl boʻlgan „Letʼs Lose Our Minds“ qoʻshigʻini chiqardi va uning imzolanganidan keyin Cactus Jack leyblidagi birinchi singli boʻldi. 8-oktyabr kuni SoFaygo reper Don Toliverning Life of a Don albomidagi „Smoke“ trekida qoʻshiq kuyladi.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studia albomi

  • Pink Heartz (TBA)

Miksteyplar

  • War (2019)
  • Angelic 7 (2020)
  • After Me (2020)

EP

  • Goonland (2018)
  • We Are Aliens (2018)
  • Delineation (2019)
  • Hostility (2019)
  • The Reveal Vol. 1 (2020)
  • 4U (2020)
  • Web (2020)
  • B4Pink (2022)

Qoʻshiqlar

  • „Knock Knock“ (2019)
  • „Ok lets go !“ (2020)
  • „Everyday“ (2020)
  • „Letʼs Lose Our Minds“ (2021)
  • „Solid“ (2021)
  • „MP5“ (2021)
  1. „Is SoFaygo Next Up? He's Ready to Live Up to the Hype“ (inglizcha). Complex. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul. [sayt ishlamaydi]
  2. „Lyrical Lemonade“. lyricallemonade.com. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul. [sayt ishlamaydi]
  3. „Best New Artists“ (inglizcha). Complex. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel. [sayt ishlamaydi]
  4. June 9, Robby Seabrook IIIPublished; 2021 „The Break Presents: SoFaygo“ (inglizcha). XXL Mag. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun. [sayt ishlamaydi]