Genius

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Genius — 2009- yil avgust oyida Tom Leman, Ilan Zekan va Махбодом Могадам(ingl.)tomonidan asos solingan foydalanuvchilarga matnlar, yangiliklar, manbalar, she'rlar, hujjatlarning izohlari va talqinlarini taqdim etish imkonini beruvchi sayt.

Dastlab hip-hop musiqasiga e'tibor qaratgan Rap Genius keyinchalik mashhurlarning e'tiborini tortdi va qo'llab-quvvatlandi. Oqibatda venchur kapitalining doimiy o'sish imkoniyati tug`ildi [1]. Sayt 2014-yilda pop, adabiyot, R&B kabi ommaviy axborot vositalarining boshqa sohalarini qamrab olish uchun kengaytirildi va izohlarga asoslangan platformani qo'shdi. O'sha yili iPhone uchun ilovasi chiqdi. Yangi maqsadlarni ifodalash uchun sayt 2014-yilning iyul oyida Genius sifatida qayta ishga tushirildi. 2015-yilning avgust oyida Android versiyasi [2] chiqarildi va 2016-2017-yillarda kompaniya musiqaga yoʻnaltirilgan original video kontentini chiqarishni va jonli tadbirlar va konsertlarni oʻtkazishni boshladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkil etilishi va dastlabki yillar ( 2009-2012 )[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, Genius hip-hopga yo'naltirilgan kraudsorsing sayt sifatida yaratilgan va dastlab Rap Exegesis deb nomlangan. Sayt 2009-yil, dekabr oyida o'z nomini Rap Genius deb o'zgartirdi, chunki "eksegez" ni yozish foydalanuvchilar uchun qiyin edi [3][4]. Resurs 2009-yil avgust oyida Tom Leman (2009-yil 19-avgust kuni soat 12:30 da veb-sayt uchun “birinchi kod qatorini kiritgan”) [5], Ilan Zahori va Mabod Mogedom tomonidan yaratilgan. (UlarYel universitetida [1][6][7] talabalik paytlari tanishishgan) Leman va Mogedom 2009-yilning yozida Leman Mogedomdan " Cam'Ron(ingl.) " qo'shig'idagi so'zlarning ma'nosi haqida so'raganida sayt g'oyasini o'ylab topdilar.) » [1] [3] . Saytning eng dastlabki versiyasini yozgandan so'ng, Leman hammuassislar Mogedom va Zakori bilan birgalikda D. E. Shaw(ingl.) Google bilan bog`liq ishlarini qo`yishib, o`zlarining sayti bilan bog`liq ishlarga sho'ng'ishadi.

Dastlabki moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda, sayt "oyiga 1 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qilganidan" [3] so'ng, Rap Genius Y Combinator inkubatorini ishga tushirish uchun ariza berdi va "Y Combinator tarixidagi eng tez rivojlanayotgan startapga aylandi" [1]. 1,8 million dollarlik boshlang`ich mablag'lar bilan sayt asoschilari Bruklinning Uilyamsburg shahrida o'z ofislarini ochishga muvaffaq bo'lishdi [1]. 2012-yilda kompaniya Andreessen Horowitz [8] venchur firmasidan qoʻshimcha 15 million dollar sarmoya oldi, bu qisman hamkor Mark Andreessenning brauzerda guruh annotatsiya obʼyektini yaratish boʻyicha oʻtmishdagi saʼy-harakatlari ham sabab bo`ladi[1] . Бен Горовиц(ingl.) ) Geniusni "biz moliyalagan eng muhim moliyalanuvchilardan biri" deb ta'riflagan [1] . Kompaniyaning uchta hammuassisi 2012-yilgi Forbes 30 Under 30 ro'yxatining Musiqa toifasiga kiritilgan [9].

Kengayish va rebrending ( 2014-2015 )[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning mart oyida Genius foydalanuvchilarga izohli matnlarni boshqa veb-saytlarga “joylashtirish” imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirdi [10].

Spotify[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spotify ma'lum treklar uchun Geniusdagi qo'shiq so'zlarini ko'rsatish imkoniyatini o'z ichiga oladi [11], foydalanuvchilarga "ularni tinglaganda matinni ko`rish" imkonini beradi [12].

Asosiy shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil holatiga ko'ra, Geniusning asosiy hamkorlari va hissa qo'shuvchilari - asoschilar Tom Leman va Ilene Zahorilardir; qo'shimcha kengash a'zolari Ben Horowitz, Den Gilbert va Stiv Stout [13][14]; kontent bo'yicha bosh direktor Brendan Frederik [15]; Rassomlar bilan aloqalar bo'limi rahbari Rob Markman [16] hisoblanadi.

Genius bilan hamkorlik qiladiganlar orasida Lord, Frank Okean, Lin-Manuel Miranda [17], Selena Gomez, Fibi Rayan, DJ Xaled, Nas [18], Eminem [19], Rivers Kuomo va Rik Rubin [19] kabi qo`shiqchilar va boshqa mashhurlar bor.

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Can the Brogrammers of Rap Genius Annotate the World?“ (en). Intelligencer (2015-yil 5-yanvar). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  2. „XDA Picks: Best Apps of the Week (Aug 1 – Aug 8)“ (en). xda-developers (2015-yil 8-avgust). 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 Zack O'Malley Greenburg. „How Nas Became A True Rap Genius“ (en). Forbes. 2017-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  4. „RapExegesis.com becomes RapGenius.com | Rap Genius Blog“. web.archive.org (2012-yil 16-iyun). 2012-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  5. „Rap Genius Explains Why Worse is Better“. firstround.com. 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  6. „Rap Genius Founder Interview | Mahbod Moghadam: Why Rap Genius is Going to IPO One Day“ (en). NextShark (2014-yil 26-mart). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  7. „Genius: The Annotation Will Not Be Televised | Village Voice“. www.villagevoice.com. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  8. „Ben Horowitz And The Founders Explain Why A16Z Put $15M Into Rap Genius: “Knowledge About Knowledge”“ (en). TechCrunch. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul. [sayt ishlamaydi]
  9. Zack O’Malley Greenburg. „30 Under 30 - Music“ (en). Forbes. 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  10. Felix Salmon. „Janet Yellen’s first FOMC statement, annotated“. Reuters Blogs (2014-yil 19-mart). 2014-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  11. „Now You Can Get the Backstory on Your Favorite Spotify Songs“ (en). Fortune. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  12. Joe McGauley. „The Hidden Spotify Feature We're Obsessed With Right Now“. Thrillist (2016-yil 17-iyun). 2017-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  13. „Translation CEO Steve Stoute joins Genius’ board of directors“ (en). TechCrunch. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust. [sayt ishlamaydi]
  14. „Genius Appoints Translation Founder Steve Stoute to Board of Directors“. Billboard. 2017-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  15. Westhoff, Ben. „Is Genius and the art of annotation starting to come of age?“. The Guardian (2015-yil 14-oktyabr). 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  16. „Genius Recruits Hip-Hop Journalist and Editor Rob Markman to Head Artist Relations“. Billboard. 2017-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  17. Condé Nast. „Read Lin-Manuel Miranda’s Genius Annotations for Hamilton“ (en). Vanity Fair. 2017-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  18. Zack O'Malley Greenburg. „How Nas Became A True Rap Genius“ (en). Forbes. 2017-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.
  19. 19,0 19,1 „Rick Rubin Annotates Kanye West, Beastie Boys, Johnny Cash Songs on Genius“ (en). Pitchfork. 2015-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.