Kontent qismiga oʻtish

Soʻna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soʼna

First version of cover
Asl nomi The Gadfly
Muallif(lar) Ethel Lillian Voynich
Tarjimon(lar) Mirzakalon Ismoiliy
Mamlakat Amerika Qo`shma Shtatlari
Til inglizcha
Janr(lar)i Roman
Nashriyot Yangi asr avlodi
Sahifalar soni 336
ISBN 978-9910-9997-0-3

Soʻna – 1897-yilda kelib chiqishi Irlandiyalik boʻlgan Ingliz yozuvchisi Ethel Voynich tomonidan yozilgan roman. 1840-yillarda Italiyada Avstriya hukmronligi davri hisoblangan. Asar ketma-ket isyon va gʻalayonlar yuz bergan kunlarda yozilgan[1]. Romanda protogonist Artur ismli yosh bir yigitning hayoti hikoya qilingan. Asarda shuningdek, yosh yigitning qiynalishlari, diniy qarashlardagi ikkilanishlari, ota bilan oʻgʻil oʻrtasidagi ziddiyatli munosabatlar tasvirlangan.

Artur Burton – ingliz katoligi, u Italiyaga ruhoniy boʻlish uchun keladi. Artur Katolitsizm taʼlimoti boʻyicha bir qancha izlanishlar olib boradi. Uning ota-onasi uzoq yillar avval, vafot etishgan. U choʻqintirgan otasi, kardinal Montanellini oʻz otasidek yaxshi koʻradi va uning tarbiyasini oladi. 19 yoshli Artur Montanellini hammadan ham ziyodroq sevardi. Arturning Jemma ismli yoqtirgan qizi ham bor edi. Kutilmaganda, nohaq ayblov bilan Arturni qamoqqa olishadi. Artur hibsxonadan chiqqach, Italiyani tark etadi. U Janubiy Amerikada yashashni boshlaydi.

Oradan 13 yil vaqt oʻtgach Artur Feliche Rivares ismi bilan Italiyaga qaytib keladi. Appenina togʻlaridagi kontrabandistlar unga achchiq tili sababli Soʻna deb laqab qoʻyishgan. Soʻna Italiya hukumati tarafidan qamoqqa olinadi. U oʻlimidan bir kun oldin Montanelliga asl haqiqatni aytib beradi va shunday shart qoʻyadi: „ Yoki diningni tanla, yoki oʻgʻlingni“. Montanelli ruhoniy edi. U dinidan voz kecholmasdi. Oʻgʻliga qochishida yordam bermoqchi boʻladi, biroq, Soʻna buni rad etadi. Ertasi kuni Soʻna otib oʻldiriladi.

Montanelli ham bu voqeadan bir necha kun oʻtgach yuragi yorilib vafot etadi.

Asar yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixchi olim Robin Bruce Lockhart, rus sayyoh Sidney Reilly va maxfiy agent Ethel Voynich birgalikda 1895-yilda Londonda uchrashganlar. Ethel Voynich nafaqat Viktoriya adabiyoti uchun balki, rus adabiyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan. Sidney Reilly va Ethel Voynich birgalikda Italiyaga sayohat qilishgan. Reilly bilan Ethel Voynich bir muddat nikohsiz hayot kechirishgan. Bu munosabat yakunlangach, Ethel Voynich 1987-yilda „Soʻna“ nomli romanini chop ettirgan. Asardagi bosh qahramon Artur Sidney Reillyning shaxsiy hayotiga bogʻliq holda yaratilgan. Yaʼni yozuvchi Artur obrazi orqali Reillyning hayotini qalamga olgan[2]. Yozuvchi Andrew Cook Reillyni Ethel Voynichning „Soʻna“ asari taqdimotiga taklif qilgan[3].

Asar revolutsiya davrida dinning ahamiyati qay darajada boʻlganligini keng yoritib bergan. "Soʻna" romani Sovet Ittifoqi, Xitoy Respublikasi va Eronda ommalashgan hamda davlatlarning ijtimoiy hayotiga katta madaniy taʼsir koʻrsatgan. Sovet Ittifoqida „Soʻna“ eng koʻp sotilgan kitob boʻlgan va asar Ethel Voynichning vafotidan keyin 2,500,000 nusxada chop etilgan. Xitoyda ham ushbu kitob tarjima qilingan va 2,050,000 nusxada nashr etilgan. Kitob Irlandiyada urush paytida maxbuslar orasida juda ommalashgan. Rossiyalik kompozitor Mikhail Zhukov 1928-yilda kitobni operaga aylantirgan. 1955-yilda Aleksandr Faintsimmer romanga asoslangan film ishlab chiqqan. 1956-yilda „Soʻna“ italyan tiliga tarjima qilingan, biroq, hech qachon nashr qilinmagan. Kitobning yangi nashri boshqa Yevropa davlatlarida 2013-yilda „Kardinal oʻgʻli“ nomi ostida chop etilgan.

  1. See Voynich, Ethel Lillian. The Gadfly, 1, Henry Holt & Company, 1897. 2014-yil 13-iyulda qaraldi.  via Archive.org
  2. Robin Bruce Lockhart, Reilly: Ace of Spies; 1986, Hippocrene Books, ISBN 0-88029-072-2.
  3. Andrew Cook, Ace of Spies: The True Story of Sidney Reilly, 2004, Tempus Publishing, ISBN 0-7524-2959-0. Page 39.