Kontent qismiga oʻtish

Irlandlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Irlandiyalikdan yoʻnaltirildi)

Irlandlar (oʻzlarini erinnax deb ataydilar) — xalq. Irlandiyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 7,8 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan Irlandiyada 3,4 mln. kishi, Buyuk Britaniyada 2,5 mln. kishi, AQSH va Kanadada ham yashaydilar. Yevropeoid irkiga mansub. Irland va ingliz tillarida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, katoliklar.

Irland elati (10— 12-asrlarda shakllangan) ning asosini kelt tillarida soʻzlashuvchi gellar tashkil qilgan, ular orolga mil. av. 4-asrda koʻchib kelib orolning qadimgi aholisi bilan aralashib ketgan. Gellarning ijtimoiy tizimi — patriarxal urugʻlar — klanlar Irlandlarda 16—17-asrgacha, baʼzi urf-odatlari esa 19-asrgacha saqlanib qolgan. Irland millati inglizlar mus-tamlakasi sharoitida 18—19-asrlarda shakllana boshlagan. 1921-yil mustaqil Irlandiya davlati barpo etilgach, irland tili rasmiy til sifatida eʼtirof etilgan. Irlandlarning aksariyati qishloq xoʻjaligi bilan band.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil