Griffindor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gryffindor-bg

Griffindor (ing. Gryffindor) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slizerin, Griffindor, Hafflpuff, Reyvenklo) biri. Bu fakultet talabalarining boshqa talabalardan farqli jihatlari: jasorat, sharaf va oliyhimmatlik. Ramzi – arslon, asosiy ranglari – qirmizi va tillarang. Dekan – transfiguratsiya (bir narsaning boshqa narsaga aylanishi) fani oʻqituvchisi, professor Minevra McGonagall. Fakultet arvohi – Deyarli Boshsiz Nik. Asoschi – Godrik Griffindor. J. K. Roulingning soʻzlariga koʻra, Griffindor olov unsuriga toʻgʻri keladi[1].

Fakultet ranglari
Griffindor ramzi

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransuz tilidan tarjima qilinganida „Griffindor“ „Oltin Grifon“ degan maʼnoni anglatadi. Odatda Grifon hushyor, jasoratli va kuchli mavjudot sifatida tavsiflanadi. Bundan tashqari professor Dambldorning kabinetida eshikni taqqillatish uchun, latunli grifon shaklidagi bolgʻacha bor.

Fakultet talabalari va bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Griffindor „yaxshi“ fakultet hisoblansa-da, hamma Griffindor talabalarini ham „yaxshi“ deb atab boʻlmaydi. Misol uchun, Kormak McLaggen juda qoʻpol va sabrsiz[2]. Romilda Veyn beozor koʻrinadigan konfetlar koʻrinishidagi „sevgi damlamasi“ orqali, Garri Potterni yoʻldan ozdirmoqchi boʻlgan[3]. Ajalxo’r Piter Pettigryu ham ushbu fakultetda tahsil olgan[3].

Griffindor fakultetida Garri Potter, uning ota-onasi, kitoblarda keltirilgan Uizli oilasining barcha aʼzolari, Germiona Greynjer, shuningdek bosh qahramonning ikki farzandi, Jeyms Sirius Potter va Lili Polumna Potter tahsil olishgan (oʻrtancha farzandi Albus Severus Potter esa Slizerin fakultetiga qabul qilingan)[3].

Fakultet mehmonxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Griffindor minorasi – Hogwartsdagi balandlik boʻyicha ikkinchi minora. Bu yerda Griffindorning mehmonxonasi va yotoqxonalari joylashgan. Shu sababdan uning ichki qismi Qirmizi-Tilla tusda. Koʻrinishidan, astronomiya minorasi singari, Griffindor minorasi ham qasrning old tomonida joylashgan, derazalari esa Taqiqlangan Oʻrmon va Xagrid kulbasi tomon qaratilgan.

Griffindorning umumiy xonasi Hogwarts qasrining Sharqiy qanotidagi eng baland minoralardan birining 7-qavatida joylashgan. Bu xonani unga kirmoqchi boʻlgan har bir kishidan parol soʻraydigan, pushti koʻylakli, toʻla xonimning portreti himoya qiladi[4].

Griffindor mehmonxonasi – Griffindor minorasida joylashgan. Unga Hogwartsning 7-qavatidagi To’la Xonimning portreti orqali kiriladi. Bu yoʻlni faqatgina shu To’la Xonimning oʻzi (yoki boshqa bir qoʻriqchi vazifasini bajaruvchi portret, Garri Potter va Azkaban mahbusi) ocha oladi. Boshqa ikki fakultet mehmonxonalaridagidek yoʻldan oʻtish uchun maxfiy parolni aytish talab etiladi. Odatda fakultet sardorlari parolni birinchi boʻlib bilib olishadi (istisno – Garri Potter va Azkaban Maxbusida Nevill Longbottom, sardor boʻlmagan holatda Ser Kedogandan hafta parolini soʻrab oladi) va boshqalarga yetkazishadi[5].

Mehmonxona oʻzida hordiq chiqariladigan – shinam, doira shaklidagi, qirmizi-tilla tusdagi, Griffindor talabalari dam olishlari, mashq qilishlari va suhbatlashishlari mumkin boʻlgan joyni aks ettiradi. Xonada stol (masalan, dars qilish uchun) yoki kamin yoniga surib olish mumkin boʻlgan koʻplab kreslolar bor. Bundan tashqari mehmonxona devorlarida fakultet va maktab hayotidagi muhim hodisalar eʼloni uchun stend ajratilgan. Masalan, u yerda fakultativlar va klublar mashgʻulotlarining jadvali, buyumlar yoʻqolganligi yoki sotuvi haqidagi va Kviddich klubiga qabul eʼlonlarini uchratish mumkin. Mehmonxona oynasidan koʻl va tevarak atrof yaqqol koʻrinadi.

Griffindor talabalari bu yerda biror bir voqeai nishonlash uchun yigʻilishadi. Misol uchun, ular mehmonxonada fakultet terma jamoasining Kviddichdagi va Garri Potterning Uch Afsungar Turniridagi gʻalabasini nishonlashgan[6]. Shuningdek ular Fred va Jorj Uizlilarning sehrli mushaklarini muvaffaqiyatli uchirilishini nishonlashgan.

Fakultet yotoqxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultet mehmonxonasidan yotoqxonalarga ikkita zina eltadi. Birinchisi qizlar yotoqxonasiga olib chiqsa, ikkinchisi oʻgʻil bolalar yotoqxonasiga olib chiqishga moʻljallangan. Yozilishicha, qizlar yotoqxonasiga eltuvchi zina sehrlangan va agar undan oʻgʻil bola oʻtishga harakat qilsa, zina shu zahotiyoq toyinchoq sirpanchiqqa aylanib qoladi. Xonani oʻgʻil bolalardan „Himoya“ qiladigan bu afsun – Glisseo afsunidir. Lekin oʻgʻil bolalar xonasiga olib chiquvchi zina afsunlanmagan va qizlar undan bemalol oʻtib keta olishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Leaky Cauldron and Mugglenet interview Joanne Kathleen Rowling: Part Three“. Accio Quote!. 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  2. Rouling, Joan. Garri Potter va Tilsim Shaxzodasi. Rosmen, 2005. ISBN 5-353-02187-8. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Rouling, Joan. Garri Potter va Ajal tuhfalari. Rosmen, 21-iyul 2007-yil. ISBN 978-0545010221. 
  4. Rouling, Joan. Garri Potter va Falsafa Toshi. Rosmen, 26-iyun 1997-yil. 
  5. Rouling, Joan. Garri Potter va Azkaban Maxbusi. 
  6. Rouling, Joan. Garri Potter va Alanga Kubogi, 8-iyul 2000-yil. ISBN 5-353-01684-X.