Godrik Griffindor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gryffindor-bg Godrik Griffindor (ing. Godric Gryffindor) – afsungar, Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4ta asoschilaridan biri. Uning sharafiga Hogwartsdagi fakultetlarining biriga Griffindor nomi berilgan, bundan tashqari u tugʻilgan Godrik vodiysi ham uning sharfiga nomlangan. Griffindor fakultetining ramzi – qizil fondagi arslon.

Fayl:Godric.webp
Godrik Griffindorning portreti

Godrik Griffindor insonlardagi jasoratni juda ham qadrlardi va shunga tayangan xolda oʻquvchi qabul qilar edi. Hogwartsning boshqa asoschilari ham oʻzlariga oʻquvchi qabul qilishda insonlardagi maʼlum sifatga eʼtibor berishar edi. Bu jarayon afsungarlardan keyin qanday kechishi haqida savol uygʻonganida, Godrik Griffindor oʻzining shlyapasini afsunlab, unga butun umrga fakultetlarga talabalarni qabul qilishni ishonga xolda, uni Taqsimlovchi Shlyapaga aylantiradi.

Shlyapadan tashqari Griffindordan bir qilich ham qoladi. Uning noodatiy tomoni shundaki, uni shlyapaning ichidan faqatgina xavfli vaziyatlardagina, Griffindorga eng loyiq talaba chiqara olardi.

Qilich oʻz vaqtida goblinlar tomonidan yasalgan va Godrik bu ish evaziga goblinlarga sharaf taqdim etdi. Lekin Griffindor oʻlimidan soʻng, meros qoldirilishi haqida tushunchaga ega boʻlmagan goblinlar qilichni yana oʻzlariniki deb hisoblashgan. Afsungarlar qilichni qaytarishmagani, goblinlar va odamlar oʻrtasidagi tarang munosabatlarni yanada keskinlashishiga sabab boʻldi.

Godrik Griffindor asarlarda chiqish koʻrsatmaydi, uning nomi faqatgina yozilib qoldirilgan (birinchi marta – „Mahfiy Hujra“da[1]).

Sehrli qobiliyatlari va koʻnikmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Duelyant: Godrik Griffindor oʻz vaqtining buyuk duelyantlaridan boʻlgan. Hattoki, u oʻz qilichi bilan maggllarning duellarida ham ishtirok etgan.
  • Transfiguratsiya(bir narsaning boshqa narsaga aylanishi): boshqa asoschilar bilan birga, Godrik oʻz shlyapasini talabalarni fakultetlarga taqsimlovchi, aqlli artefaktga aylandirgan.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Godrik Griffindor – vorisi tilga olinmagan yagona asoschi edi (Slizerinniki Tom Reddl, Rovena Reyvenkloniki – qizi Helena, Helga Hafflpuffniki – Hepziba Smit edi)

Ism etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Godrik" eski ingliz tilidan ("Godric") tarjima qilinganda "Hukmdor" maʼnosini anglatadi. Bundan tashqari bu soʻz "Iloh kuchi" maʼnosini ham anglatadi (qadimgi ingliz tilidagi "God" (Hudo, Iloh) va "ric" (kuch, qoida, qonun) soʻzlarining birikishidan hosil boʻlgan) "Griffindor" – ing. Griffin – "grifon" va fr. "d`or" – "oltin", yaʼni "Oltin Grifon" maʼnosini anglatadi.

Koʻrinishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Garri Potter va Falsafa Toshi (birinchi tilga olingan)
  • Garri Potter va Falsafa Toshi (film) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Falsafa Toshi (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Mahfiy Hujra (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Mahfiy Hujra (film) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Mahfiy Hujra (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Azkaban Maxbusi (videooʻyin) (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)
  • Garri Potter va Alanga Kubogi (film) (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Feniks Jamiyati (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 1-qism (faqat tilga olingan)
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 2-qism (faqat tilga olingan)
  • Wizarding World
  • Harry Potter: Hogwarts Mystery (shokoladli qurbaqa kartochkalarida)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rouling, Joan. Garri Potter va Mahfiy Hujra. Rosmen. 
  1. Harry Potter Fandom[sayt ishlamaydi]
  2. Wizarding World
  3. J. K. Roulingning rasmiy sayti
  4. J. K. Roulingning „X“ dagi rasmiy sahifasi