Kontent qismiga oʻtish

Sivar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

SivarXitoy manbalari (mil. 2—5 a.lar)da "tele" (turk soʻzining ayni zamondagi xitoycha talaffuzi) deb nomlangan 44 ta turk kabilalaridan birining nomi. Xitoy manbalarida supi deb ataladi. Turk xoqonligi tashkil topguncha boʻlgan 2 asrdan ortiq davr davomida adiz, xazar, bulgʻor, bijanak, qugʻoy, basmil, qipchoq, yemak kabi qabilalar bilan birga hozirgi Shimoliy va Gʻarbiy Qozogʻiston hududida yashagan. Turk xoqonliti tashkil topgandan soʻng uning fuqaroligiga oʻtib turk deb atala boshlangan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil