Kontent qismiga oʻtish

Singapur (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SingapurSingapur davlatining poytaxti. Jan.Sharqiy Osiyoning yirik iktisodiy markazi. Aholisi 5,1 mln. kishi (2001). Singapur boʻgozi sohilidagi dunyoda eng yirik dengiz portlaridan (yiliga 130 mln. t dan ziyod yuk ortibtushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻli va shosse yoʻllar orqali Malakka yarim orol bilan bogʻlangan. S. — xalqaromoliya va xom ashyo tovarlari (tabiiy kauchuk, kokos palmasi mahsulotlari, yogʻoch, ziravorlar, mevalar, kofe, qalay) savdosining yirik markazi. Neftni qayta ishlash, elektrotexnika, neft kimyosi, mashinasozlik, kema taʼmirlash, rezina, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari bor. Baliqovlanadi. Shahar markazida koʻp qavatli zamonaviy binolar qurilgan. Singapur universiteti, 2 politexnika instituti, muzeylar, kutubxonalar, botanika bogʻi, dengiz akvariumi, teatr va boshqa bor. Shaharga 1299-yilda asos solingan. 1365-yildan S. Malay davlatlari savdosida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 1832-yildan Britaniya Malayyasi mustamlakasining, 1946—59 yillarda inglizlarning Singapur mustamlakasining bosh shahri. 1959-yildan "Oʻzini oʻzi boshqaruvchi Singapur davlati"ning, 1965-yildan mustaqil Singapur Respublikasining poytaxti.