Sinan ibn Salamah ibn Mohbik
Qiyofa
Sinan Bin Salamah bin Mohbik | |
---|---|
Tavalludi | 628-yil |
Vafoti | 673 (yoshi 44–45) |
Unvoni | Gubernator |
Jang/urush | Sind, Kalat, Kohat va Bunnularning Umaviylar tomonidan bosib olinishi. |
Aloqa | Salamah bin Mohbik (otasi) |
Sinan Bin Salamah bin Mohbik (arabcha: سنان بن سلمة بن المحبق) (8/628-53AH/673AD) – Makka bosib olingan kunida tugʻilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salama, uning otasi Hunayn jangi uchun yoʻlga chiqishga tayyorlanayotganda, uning tugʻilgani haqidagi xabarni eshitdi. U dastlab yurishni kechiktirishga majbur boʻldi, ammo keyinchalik quyidagi soʻzlarni aytdi:
Men Allohning yoʻlida foydalanadigan sinan (urush qiroli) menga oʻgʻlimdan koʻra azizroqdir[1].
Urush
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Muoviya davrida Sinan ibn Salama ibn Mohbik Sind viloyatiga ikki marotaba, 42 va 48-yillarda (hijriy 664, 670) hokim etib yuborilgan edi[2].
- Kalat: Hijriy 42-yilda (milodiy 664-yilda) Abdulla ibn Savar Abdi Kalot jangida boshqa islom jangchilari bilan birga shahid boʻldi. Shundan soʻng, Ziyod ibn Abih Xuroson hokimi etib tayinlandi. U Sinanni Abdulla ibn Savar Abdi boshlagan vazifani yakunlash uchun yubordi. Sinan Kalat hududini oʻz nazorati ostiga olishga muvaffaq boʻldi.
- Sind: Hijriy 44-yilda (milodiy 668-yilda) Sind vodiysiga kirib, u yerdan Makron tomon yurishini davom ettirdi. Makron hududini zabt etgach, u islohotlar oʻtkazdi.
- Kohat: Hijriy 53-yilda (milodiy 673-yilda) Kohat va Bunnuni bosib olib, Peshovar vodiysiga kirdi. Buddaviylar qoʻshiniga qarshi jang qildi. Bu urushda Sinan bir necha safdoshlari bilan birga shahid boʻldi.