Sin Min A

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sin Min A
Tavalludi
Yan Min А

5-mart 1984-yil
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Kasbi Model, aktrisa, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1998 — hozirgacha
Veb-sayt www.facebook.com/shinmina

Shin Min Ah (koreyscha: 신민아;1984-yil 5-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktrisa, qoʻshiqchi va model. „Love that kills“, „My girlfriend is Gumiho“, „Aran and Magistrate“, „Oh, my Venus!“, „Tomorrow with You“ va „Seaside village Cha-cha-cha“ teleseriallaridagi rollari bilan mashhur.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sin Min A 1984-yil 5-aprelda Koreya Respublikasi, Kyonnggi provinsiyasi, Seongnam shahrida tug‘ilgan. U oiladagi uchinchi farzand. Minning katta opasi va ukasi bor.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Min A oʻz kasbiy faoliyatini model sifatida boshlagan. 1998-yilda, oʻrta maktabda oʻqiyotgan Min A va uning doʻstlari sayr qilishayotganda birga suratga tushishadi va fotosuratlarni „KiKi“ („키키“) yoshlar jurnaliga yuborishadi. Fotosuratlar ichidan Min A jurnal uchun model sifatida tanlangan.

Min A 2001-yilda aktrisalik debyutini qiladi. Aktrisa „Volcanic impact“ komediyasi va „Madlen“ romantik melodramasidagi debyut rollari bilan omma eʼtiborini tortadi [1]. Shundan soʻng, Min A „Bitterness and sweetness“ filmida kichik rol ijro etadi, filmda Li Byung-hun uning suratga olish maydonchasidagi hamkasbiga aylanadi. Min A „Love that kills“ dramasida Rain bilan birga, „The beauty and the Beast“ romantik komediyasida Ryu Seung Bum bilan birga va Um Tae Vun va Ju Ji Xun bilan „Devil“ trillerida suratga tushgan. Ammo unga Li Seung Gi bilan rol ijro etgan „My girlfriend is Gumiho“, Lee Jun Gi bilan „Aran and Magistrate“ va Seo Ji Sub bilan birga suratga tushgan „Oh, My Venus“ seriallari eng koʻp mashhurlik keltirgan dramalari hisoblanadi[2].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil iyul oyida Sin Min A va aktyor Kim U Bin uchrashishayotgani haqidagi mish-mishlar tarqalgach, ularning agentliklari bunnday gap-soʻzlarni tasdiqladilar. Min A va U Bin 2015-yil boshida tanishib, bir-birlariga qiziqib qolishgan. Juftlik may oyida ishqiy munosabatlarni boshlagan[3][4].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol
2001 Volcanic impact Yu Chae Yi
2003 Madlen Va Xi Jin
2005 Bitterness and sweetness Yun Xi Su
The beauty and the Beast Jang Xe-ju
2007 My Brave Princess Kang Seo Hwi
2008 Qani, yetmishinchi Mimi
2009 Bare kitchen Ahn Mo Rae
Million Cho Yu-jin
2013 X Mia
2014 Kyonju Gong Yon Xi
My love, my bride Oh Mi Young
2016 Spring dreams Min A (kameo)

Kliplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiq Ijrochi
1998 Sad Way S#arp
1999 A Request Lee Seung Hwan
Your scent Sonya
Eyes Want to Travel Leon Lai
Love and Remembrance g.o.d
2000 Since You Left Me g.o.d
Do You Know? Cho Seong-mo
2001 With Coffee Brown Eyes
I Love You Cha tae hyung
Sad Love g.o.d
A Fool g.o.d
You Just Donʼt Know g.o.d
2009 Miracle Blue Loveholics

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Volcano High“. Koreanfilm.org. 2018-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  2. Oh My Venus says it's not about beauty“. The Korea Herald (2015-yil 11-noyabr). 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  3. „Shin Min-a Dates Kim Woo-bin“. Чосон ильбо (2015-yil 23-iyul). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  4. „Shin Min-a, Kim Woo-bin are dating“. Korea JoongAng Daily (2015-yil 23-iyul). 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]