Simsiz tarmoq interfeys kontrolleri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
USB interfeys va ichki antennaga ega simsiz tarmoq interfeys qurilmasi
Bluetooth interfeys kartasi

Simsiz tarmoq interfeysi kontrolleri (ingl. wireless network interface controller yoki WNIC) – ushbu qurilma Token Ring va Ethernet kabi simli tarmoqlarga emas, balki Wi-Fi va Bluetooth kabi simsiz tarmoqlarga ulanadigan tarmoq interfeysining boshqaruv qurilmasi hisoblanadi. WNIC, boshqa shunday tarmoq interfeyslari kabi, OSI modeli asosida ishlaydi va radio toʻlqinlar bilan antenna orqali bogʻlanadi.

Simsiz tarmoq interfeysi kontrollerlari ona plataga kengaytma sifatida PCI yoki PCIe kiritmalari yordamida ulanishi yoki USB, PC Card, ExpressCard, Mini PCIe yoki M.2 kabi tashqi portlar orqali ulanishi mumkin.

Wi-Fi standartlari arzonligi va keng tarqalganligi sababli, koʻplab yangi kompyuterlar platasida zamonaviy simsiz tarmoq interfeyslari oʻrnatilgan.

Bu odatda IEEE 802.11 adapterlariga nisbatan joriy etiladi; u 802.11 standartidan boshqa protokollardan foydalanadigan NIC(tarmoq interfeys kontroller)lar uchun ham qoʻllaniladi, masalan, Bluetooth bogʻlanishlarini amalga oshirish uchun.

Ishlash rejimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

802.11 standartidagi WNIC ikkita rejim: infratuzilma rejimi va maxsus rejim(ad hoc rejimi) larda ishlashi mumkin:

1. Infratuzilma rejimi
Infratuzilma rejimida WNIC tarmogʻi kirish nuqtasiga ega boʻlishi kerak: barcha maʼlumotlar kirish nuqtasi yordamida uzatiladi. Infratuzilma rejimidagi barcha qurilmalar bitta kirish nuqtasiga ulanadi.
Ulangan barcha qurilmalar bir xil SSID identifikatoriga ega boʻlishlari, agarda, kirish nuqtasida qandaydir xavfsizlik tizimi(masalan, WEP yoki WPA) yoqilgan boʻlsa, qurilmalar bir xil kalitlar va boshqa shu kabi autentifikatsiya parametrlariga ega boʻlishlari talab etiladi.
2. Ad hoc rejimi
Ushbu rejimdagi tarmoqda WNIC kirish nuqtasini talab qilmaydi, aksincha barcha qurilmalar interfeys bilan bogʻlana olishadi. Bunda Ad hoc tarmogʻidagi barcha qurilmalar bir xil kanal va SSID identifikatoriga ega boʻlishi kerak.

Texnik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

IEEE 802.11 standarti barcha 802.11 simsiz tarmoqlarining ishlash prinsipi uchun uncha yuqori boʻlmagan darajadagi spetsifikatsiyalarni belgilaydi. Ilgari 802.11 interfeys kontrollerlari faqatgina ushbu standartning oldingi versiyalari bilan mos kelardi, yangi interfeys kartalari esa ikkala joriy va eski standartlarni ham qoʻllab-quvvatlaydi.

WNIC larning marketingida keng qoʻllaniladigan spetsifikatsiyalarga quyidagilar kiradi:

  • Simsiz maʼlumotlarni uzatish tezligi (Mbit/s da oʻlchanadi); bular 2 Mbit/s dan 54 Mbit/s gacha[1].
  • Simsiz uzatish quvvati (dBm da oʻlchanadi)
  • Simsiz tarmoq standartlari (802.11b, 802.11g, 802.11n va shu kabi standartlarni oʻz ichiga oladi) 802.11g 802.11a ga ekvivalent – 54 Mbit/s gacha – maʼlumotlarni uzatish tezligini taqdim etadi.

Koʻpgina Bluetooth kartalari 802.11 standartining hech qanday turini qoʻllab-quvvatlamaydi.

Diapazon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simsiz aloqa diapazoniga signal yoʻlidagi obyektlar va antenna sifati sezilarli darajada taʼsir qiladi. Sovutgichlar, metall quvurlar va konditsionerning tarkibiy qismlari va shu kabi elektr jihozlari tarmoq signaliga toʻsqinlik qilishi mumkin. IEEE 802.11 ning nazariy jihatdan oʻlchangan maksimal tezligiga faqatgina ideal sharoitlardagina erishish mumkin. Bunda asl samarali diapazon odatda ushbu nazariy hisoblangan diapazonning yarmini tashkil qiladi. [1] Xususan, maksimal oʻtkazish tezligiga faqat juda yaqin(25 feet (7.6 m) kam) masofadagina erishiladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Meyers, Mike: Network+ Certification All-in-One Exam Guide, McGraw-Hill, 2004, p. 230.

[1] [2]

  1. „Linux Wireless glossary“. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  2. „FreeBSD 11.0 - man page for upgt (freebsd section 4) - Unix & Linux Commands“. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.