Kontent qismiga oʻtish

Silva Kaputikyan uy muzeyi

Koordinatalari: 40°11′33.2″N 44°30′27.5″E / 40.192556°N 44.507639°E / 40.192556; 44.507639
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Silva Kaputikyan uy muzeyi
Asos solingan sana 2009–yili
Joylashuvi Silva Kaputikyan ko‘chasi, 1‐bino, 4-qavat
Turi Uy muzey
Sayt http://museumkaputikyan.com/

40°11′33.2″N 44°30′27.5″E / 40.192556°N 44.507639°E / 40.192556; 44.507639 Silva Kaputikyan uy-muzeyi (arman: Սիլվա Կապուտիկյանի տուն-թանգարան) 2009-yilda Armanistonning Yerevan shahrida tashkil etilgan. Muzey arman shoiri Silva Kaputikyanning shaxsiy buyumlari, esdalik sovgʻalari, mukofotlari, qoʻlyozmalari, kitoblari va adabiy asarlarini koʻrgazma qilish hamda saqlashga bagʻishlangan.

2009-yil 20-yanvarda Silva Kaputikyan tavalludining 90 yilligi munosabati sababli Armaniston hukumati qarori bilan muzey tashkil etilgan. Muzey ochilishida prezident Serj Sargsyan va Kaputikyanning oʻgʻli Ara Shiraz ishtirok etgan. 2007-yilda muzey joylashgan koʻchaga Kaputikyan koʻchasi nomi berilgan.

Muzey Kaputikyan 30 yil yashagan kvartirada joylashgan. Uning yotoqxonasi, ish xonasi va yashash xonasi uning xohishiga koʻra, xuddi uning hayoti davomida qanday boʻlgan boʻlsa, xuddi shunday saqlangan[1]. Uy-muzey beshta vitrinadan iborat. Birinchisiga shoir tugʻilgan va 1954-yilgacha yashagan Amiryan koʻchasi, 20-uyidan olingan buyumlar kiradi. Ikkinchi vitrinda uning shaxsiy buyumlari, jumladan soatlar, sumkalar, aksessuarlari va fir’avnning marjonlari boʻlagi (yoshi 3000 yildan ortiq) saqlanadi. Uchinchi vitrinada Kaputikyan Avetik Isaxakyan, Sergey Parajanov, Vazgen I, Paruyr Sevak va Siamantodan olgan sovgʻalar. Toʻrtinchi vitrinda Kaputikyanning „Shon-sharaf belgisi“, „Xalqlar doʻstligi“ va „Oktyabr inqilobi“ ordenlari. Beshinchi koʻrgazmada aʼzolik chiptalari joylashgan. Yoʻlakda Kaputikyanning oʻgʻli, mashhur haykaltarosh Ara Shiraz tomonidan yaratilgan gipsdan ishlangan byust oʻrnatilgan[2].

Uy-muzey Silva Kaputikyan koʻchasi, 1-bino, 4-qavatda joylashgan[3].

Kaputikyan asarlarini namoyish qilishdan tashqari, uy-muzeyning vazifasi asarlarni qayta nashr etish va odamlarga Kaputikyan adabiy merosi haqida maʼlumot berishdir. Muzey tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida 18 ming varaqdan ortiq qoʻlyozmadan nusxa koʻchirildi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar orasida maktab oʻquvchilari, ziyolilar, Armaniston va diaspora fuqarolari, turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar bor. Muzey va Silva Kaputikyan fondining birgalikdagi faoliyati natijasida turli albomlar, filmlar, kassetalar yaratildi. Har yili sentabr oyining soʻnggi shanbasida muzey ichida sheʼriyat bayramlari oʻtkaziladi[4].

  1. „House-museum of Silva Kaputikyan“ (en). Arara Tour. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
  2. „Silva Kaputikyan“. museumkaputikyan.com. 2019-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
  3. „SILVA KAPUTIKYAN HOUSE-MUSEUM • ARMENIA (YEREVAN) • SPYUR“. spyur.am. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
  4. „Silva Kaputikyan“. museumkaputikyan.com. 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.