Silla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Silla davlati Koguryo va Pekchega nisbatan keyinroq, chinxan qabilalari yansan, koxo, chinji, kari va koyalarning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. Dastlab qabillar ittifoqi Saro ("San-go chji" nomli manbaga ko'ra) deb atalgan Undan tashqari, Xitoy manbalarida Sillo, Sara, koreys manbalarida esa Sonabol, Soyabol va Sorabol kabi nomlar bilan atalgan. "Samguk sagi" madumotlariga ko'ra, bu olti qabila Qadimgi Choson bilan bevosita bog'liq: "Dastlab Chosondan ko'chib kelganlar tog' va daralaming o'rta qismiga joylashganlar va bu yerda oltita qishloqcha barpo etganlar. Ular Chinxan qabilasining oltita jamoasi (bu) edi". Afsonaga ko'ra, Koxo qishIog'i oqsoqoli bolani quvontirgan qovoqqa o'xshagan tuxumni tashlab nola qilayotgan va keyin ko'zdan g'oyib bo'lgan otni ko'rgan. Bu bola juda aqlli bo'lgan!igi bois, uni hukmdor qilib tayinlashgan va unga Pak ("pak" chinxan tilida "qovoq" degani) deb ism berishgan. U Sillaning birinchi hukmdori Pak Xyokkose va Paklar sulolaning dastlabki vakili bo'lgan.

Olti qabila (32 yil, "Samguk sagi" manbasiga ko'ra) qayta nomlanib, yangi Li, Chxoe, Son, Chon, Pe va Sol kabi nasablarga ega bodishgan. Koguryo va Pekchedan farqli ravishda, bu yerda bitta van sulolasiga mansub bo'lganlar hukmronlik qilmasdan, balki Pak sulolasidan tashqari Sok va Kim urug'idan bo'lganlar hukmdor sifatida mamlakatni boshqargan. Pak sulolasi hukmronligi davrida Silla (tnil. avv. 57 - mil 184 yy.). Dastlab Silla katta mavqega ega bo'lmagan II asming ikkinchi yarmidan boshlab maorif rivoj topishi bilan, bu yerga vaqtvaqti bilan Lolan viloyatidan xitoyliklarning, shuningdek, yaponlar va moxe qabilalarining hujumlari bo'lib turgan. Ammo qarama-qarshilik ularning qo'shnilari Kaya bilan bo'lgan. o'zaro urushlarda goh Sillaning, goh Kayaning qo'Ii baland kelgan. II asr boshlarida sillaliklar 3 marta Kaya yerlariga bostirib kirganlar.

•Foydalanilgan adabiyotlar: V.Xan Koreya Tarixi - 2013