Choson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Choson (aynan — tonggi goʻzallik) — Koreya tarixidagi ilk davlat (miloddan avvalgi taxminan 1ming yillik). Dastlab Ch. — qabila yoki qabila ittifoqi tomonidan barpo etilgan. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Ch. Xitoydagi Xanʼ sulolasi tomonidan bosib olingan. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash jarayonida, milodning boshlarida Koguryo, Pekche va Sila kabi ilk oʻrta asr mahalliy davlatlari shakllangan. Ch. koreys davlatining nomi sifatida Li sulolasi qaror topishi bilan (1392) vujudga kelgan va 1897 yil Koreyani Texan imperiyasi deb qayta nomlanishiga qadar saklanib qolgan. KXDR barpo etilishi bilan "CH." atamasi respublikaning rasmiy nomi tarkibiga kirgan (Choson mindjudjuiy inmin konxvaguk).