Kontent qismiga oʻtish

Shumtol arvohkapalagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shumtol arvohkapalagi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Turkum: Arvohkapalak
Oila: Tungi kapalaklar
Urugʻ: Dolbina
Turlari: Shumtol arvohkapalagi
Binar nomi
Dolbina grisea (Hampson, 1892)

Shumtol arvohkapalagi[1][2](Dolbina grisea) — bu tungi kapalak  (Sphingidae) arvohkapalaklar oilasiga mansub. Reliktlar turiga mansub.

O‘rta kattalikdagi kapalak, viqorli, tanasi uchi va kalta qanotlari oldingga chiqqani bilan ajralib turadi. Erkaklarining old qanotining uzunligi 30 mm gacha, urg‘ochilarniki - 34 mm gacha bo‘ladi. Qanotlari kengligi taxminan 50-64 mm. Qanotlarning yuqori tomonining asosiy rangi kulrang-jigarrang. Oldingi qanotlarning ustki tomonida to‘lqinsimon ko‘ndalang bog‘ichlar bor. Orqa qanotlarining tasviri bilinar-bilinmas. Mo‘ylovlari qayrilma, odatda uchli va ilgak shaklida. 

Ko‘zlari katta, yumaloq, yuqoridan bir nechta cho‘zilgan tangachlar bilan qoplangan.  Xartumi juda uzun, tana uzunligidan bir necha baravar katta[3].

Sharqiy Afg‘oniston, Shimoliy-Gʻarbiy Hindiston, O‘zbekiston, Tojikiston. Tog‘larda dengiz sathidan 1000-2000 m balandlikda yashaydi[3].

O‘zbekistonda Sangardakdaryoning yuqori oqimida (Hisor tizmasi) yashaydi. Kapalaklar tekislikdagi keng bargli o‘rmonlar va o‘tloq-dasht yon bag‘irlari bo‘lgan tog‘ daralarida uchraydi[1] .

Yashash tarzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yiliga ikki marta to‘liq va bir marta qisman nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi maydan sentyabrgacha (tunda)[2].

Qurtlari juda yirik, besh juft oyoqlari bo‘ladi. Rangi juda yorqin, och yashil egri yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan ifodalangan. Qurtlarning ozuqa o‘simliklari: shumtol[3]. O‘zbekistonda qurtlar so‘g‘d shumtolida (Fraxinis sogdiana) rivojlanadi[2]. Ular Soya va nam joylarda tuproqning yuqori qatlamlarida g‘umbakka aylanadi. Birinchi (qism) va ikkinchi nasl g‘umbaklari qishlaydi[3].

Muhofaza etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tur O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan (2009 y.) - 2-toifa - Zaif turlar (soni kamaygan, tabiiy ravishda kam uchraydi)[2].

Mamlakat hududida ularning soni hamma joyda kam - O‘zbekistonda bir necha topilmalar orqali ma’lum.

Turlarning soni inson xo‘jaligi faoliyati oqibatida tabiiy yashash joylarining vayron bo‘lishi va ozuqa o‘simliklarining yo‘q qilinishi tufayli kamayib bormoqda[2].

Cheklovchi Omillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daraxt va butalar, xususan, ozuqa o‘simligining kesib tashlanishi.

Ko‘payish xolati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko‘paytirilmagan.

Muhovaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish, tabiiy shumtolzorlarni muhofaza ostiga olish lozim.

  1. 1,0 1,1 Мирзоян С. А. Батиашвили И. Д. Редкие насекомые. — Москва: Лесная промышленность, 1982. — 165 с.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные / Азимов Ж. А., Умаров М. Н., Мирабдуллаев И. М. и др. — Ташкент : Chinor ENK, 2009. — 218 с.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Pittaway, A. R. The hawkmoths of the western Palaearctic. — L.: Harley Books in association with the Natural History Museum, 1993. — 240 p. — ISBN 9780946589210.