Shu Sasaki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shu Sasaki
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shu Sasaki
Tavallud sanasi 12-fevral 1991-yil (1991-02-12) (33 yosh)
Tavallud joyi Nara, Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Boʻyi 1.68 m (5 ft 6 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Southern
Raqami 11
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2013 KUFC2008 18 (7)
2014-2016 Blacktown Spartans 63 (18)
2017 Global Cebu 9 (3)
2018 Rangers (HKG) 7 (2)
2018-2020 Pegasus 16 (7)
2020- Southern 17 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 5-may uchun)

Shu Sasaki (talaffuzi: Shu Sasakiy) (yaponcha: 佐佐木 周 Sasaki Shū?, 1991-yil 12-fevralda tug`ilgan) yaponiyalik professional futbolchi. Hozirda Gonkong Premer-ligasida Southern jamoasi safida maydonga tushadi.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kansai universitetini bitirgach, Shu Sasaki universitet jamoasida oʻynagan Sasaki Avstraliyadagi Milliy Premer-liganing Blacktown Spartans jamoasi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. Shu Sasaki ular bilan 2014-yildan 2016-yilgacha oʻynagan, oʻshanda klub quyi ligaga tushib ketgan[1].

2017-yil yanvar oyida Sasaki Filippin Futbol Ligasi Global Sebu klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Shu Sasaki 24-yanvar kuni 2017-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi saralashi pley-off bosqichi doirasida Sinaporening „Tampines Rovers“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi.[3] Shu Sasaki klubdagi ilk golini 5-aprel kuni 2017-yilgi AFC kubogi doirasida Indoneziyaning Johor Darul Taʼzim jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.

2018-yilning 20-fevralida Sasaki Gonkong Premer-ligasining „Rangers“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Shu Sasaki klubdagi ilk golini 4-mart kuni RunFay jamoasiga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi[4].

„Rangers“ jamoasi Gonkong birinchi divizioniga tushib ketganidan soʻng, Sasaki 2018-yilning 2-iyulida „Pegasus“ jamoasi safiga oʻtdi[5].

2020-yil 8-aprelda klub 2020-yilgi koronavirus pandemiyasi va 2019-20-yilgi mavsumning toʻxtatilishi sababli xarajatlarni kamaytirishga qaror qilgandan soʻng, Sasaki Pegasus bilan oʻzaro shartnomani bekor qilishga rozi boʻldi.

2020-yil 2-mayda Southern Sasaki bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Hozirda ham shu jamoa bilan Gonkong Premer-ligasida oʻynaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „【バドミントン】賭博・桃田抹消で出場の佐々木、惜しくも敗退…男子シングルス“ (ja). Sports Hochi. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyun.
  2. Guerrero. „Global FC aims for the big leagues of Asia“. Rappler. Qaraldi: 2017-yil 20-yanvar.
  3. „Global 2:0 Tampines“. The AFC. Qaraldi: 2017-yil 24-yanvar.
  4. „バド五輪代表、ロンドン8強の佐々木と初出場8人“ (ja). Nikkan Sports. Qaraldi: 2017-yil 20-iyun.
  5. „佐々木 翔/ Sho Sasaki“ (ja). TMONY Japan Corporation. 2016-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]