Shoxilak
Qiyofa
Shoxilak — shoʻradoshlar oilasiga mansub butacha. Boʻyi 15—75 sm, barglari yaxshi rivojlanmagan, gullari ikki jinsli, gulyonbargchalari yoʻq, gulqoʻrgʻoni 4 tishchali, changchisi 2 ta, toʻpguli tigʻiz, qalami, silindrsimon yoki ovalsimon, seret boshokdan iborat. Mevasi yumaloqovalsimon. Urugʻi tuksiz, silliq. Sh. iyul—avgustda gullab meva beradi. Oʻzbekistonda taqir va shoʻrxok yerlarda keng tarqalgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |