Bugʻu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bugʻu — qirgʻizlarning yirik qabilasi. Bugʻular 19-asr oʻrtalarida saribagʻish qabilasi bilan birga Chu va Oqsuv daryolari havzasida hamda Issiqkoʻlning sharqiy qirgʻogʻi, Norin, Kechen va Tekes daryolari boʻylarida, Qarqara vodiysida koʻchmanchilik qilib yashaganlar. Chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Terskey, Kungay, Tuykal koʻllari boʻyida sugʻorma dehqonchilik qilganlar. 1855 yilda Rossiyaga qoʻshib olingan. 1913 yilda 11 mingdan oshiq Bugʻu xoʻjaligi roʻyxatga olingan. 20-asr birinchi choragida qirgʻiz xalqi tarkibiga singib ketgan.

Bugʻu quyidagi urugʻlarga boʻlingan: chelek (manaplar urugʻi), torgo, bapa, yelden, takaboy, bogʻir (jigar), dyolyos, qidiq, qoʻngʻirot, moʻngʻuldur, sayoq, shiqmayot, qaba, asan tukum, ariq tukum, kuchuk, serikey, ondon.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bugʻu" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil