Kontent qismiga oʻtish

Shonazar Shomurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shomurodov Shonazar - 1897-yili tug‘ilgan, G‘uzor rayoni Qarayli qishlog‘idan, amir mansabdorlari orasidan, sobiq quloq, savdogar, hibsga olingunga qadar kolxoz raisi. Avvalda antisovet kayfiyatda bo‘lib, aksilinqilobiy mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borganlikda, xalq dushmanlarini maqgaganlikda, Afg‘onistonga muhojir bo‘lib chiqib ketishga tashviqot qilganlikda, tashqaridan bosmachilar kelgani to‘g‘risida mish-mish tarqatib, kolxozchilarni sovet hokimiyatiga qarshi kurashda bosmachilarga yordam ko‘rsatganlikda, 1937-yil may oyida choyxonasida Lenin byusti yelkasini pichoq bilan kesib tashlaganlikda, shuningdek, O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti raisi byustini haqorat qilganlikda ayblangan.[1]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 97-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.