Shohona Hojiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shohona Hojiyeva
Shaxsiy ma'lumotlar
Millati  Ozarbayjon
Tug'ilishi 2000-yil 6-iyul (22 yosh)
o'g'irligi 48 kg (106 lb)
Sport
Sport Dzudo
Murabbiylari Ramin Ibragimov (milliy terma jamoa)[1]
Medallari va yutuqlari
Paralimpiya o‘yinlari
Oltin Tokio 2020 48 kg
Jahon chempionatlari
Kumush Odivelash 2018 48 kg
Bronza Odivelash 2018 jamoasi

Shohona Ibodat qizi Hojiyeva (2000-yil 6-iyulda tug‘ilgan) — ozarbayjonlik dzyudochi, 2020-yil Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, 2015-yilda 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Yevropa chempioni. Dzyudo bo‘yicha 2018-yilgi Paralimpiya jahon chempionati kumush medali sovrindori, 2019-yili Bokuda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Paralimpiya Gran-prisi g‘olibi va 2019-yilda Toshkentdagi dzyudo bo‘yicha Paralimpiya Gran-prisining bronza medali sovrindori.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shohona Hojiyeva 2000-yil 6-iyulda tug‘ilgan. 2015-yilda Antaliyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Yevropa kubogida 40 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida g‘alaba qozongan. Xuddi shu yili Hojiyeva 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida yutib chiqdi. Sofiyada finalda ruminiyalik Lidiya Marinni ustidan g‘alabaga erishdi. 2016-yilning mart oyida Antaliyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida 44 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Yevropa kubogida zafar qozonib, shu yili may oyida u Belsko-Byalada Yevropa kubogida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

2018-yilda Odivelash (Lissabon) shahrida ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Mazkur  chempionatda Ozarbayjon ayollar jamoasi tarkibida Hojiyeva jamoaviy turnirning bronza medali sohibasiga aylandi[2].

Gadjieva Tokiodagi 2020-yilgi Paralimpiya oʻyinlarida taqdirlash marosimidan keyin

2019-yilda Hojiyeva ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi Boku Gran-prisini olib, Paralimpiya o‘yinlarining amaldagi chempioni xitoylik Li Liqingni finalda ippon bilan mag‘lub etdi. Xuddi shu yili Toshkent Gran-prisida ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

2021-yil may oyida u ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi Boku Gran-prisida bronza medalini olishga muvaffaq bo‘ldi[3].  

2020-yilda Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Hojiyeva Ozarbayjon jamoasiga ilk oltinni olib berdi. Finalda Hojiyeva barcha yutuqlarini muddatidan avval qo‘lga kiritdi. U birinchi bahsdayoq tatamiga chiqqan Sidzuka Xangaini, yarim finalda rossiyalik Viktoriya Potapovalarni ustidan g‘alabaga erishdi. Finalda Hojiyeva fransiyalik dzyudochi Sandri Martine bilan to‘qnashdi. Jangning shiddatli paytida raqiblar uloqtirishni „vaza-ari“ga almashtirishdi, qo‘shimcha vaqtda esa Hojiyeva dast ko‘tarib yerga otishni amalga oshirib, debyut Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi[4][5][6].

Shohona Hojiyeva oltin medalni qanday qo‘lga kiritgani haqida o‘z fikrini quyidagicha bayon etdi[7]: „Bu yoshimda Paralimpiya chempioni bo‘lganimdan mamnunman. Ushbu erishgan yutuqlarim tufayli Tokioda ilk bor Ozarbayjon madhiyasi bong urganidan xursandman. Bu g‘alabani ustozim, ota-onam va barcha shohidlarimizga bag‘ishlayman. Umid qilamanki, jamoadoshlar muvaffaqiyatga erishishda davom etadilar“.   Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021-yil 6-sentyabrdagi farmoni bilan Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida erishgan yuksak yutuqlari va Ozarbayjon sportining rivojlanishida qo‘shgan xizmatlari uchun Shohona Hojiyeva „1-darajali Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlandi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Профиль на сайте olympics.com“ (deadlink). 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  2. „Ильхам Закиев и Зульфия Гусейнова помогли сборной завоевать медали на ЧМ“. azerisport.com (18 ноября 2018). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  3. „Азербайджанские дзюдоисты стали победителями бакинского Гран-при“. 2021-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  4. „Азербайджанский хет-трик в Токио“. 2022-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  5. „Azerbaijan strikes twice as Hajiyeva and Shirinli win Paralympic judo titles“. 2022-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  6. „Gold rush for Azerbaijan on Day 1 of judo competition at Tokyo 2020“. 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  7. „Шахана Гаджиева – о первом золоте Азербайджана в Токио“. 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  8. „Распоряжение Президент Азербайджанской Республики o награждении членов Национальной паралимпийской команды Азербайджана“. president.az (6 сентября 2021). 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]