Shirin Abidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shirin Abidova
Shirin Raximjanovna Abidova
Tavalludi 29-dekabr 1984-yil
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Kasbi Volontyor, Psixologiya

Shirin Raximjanovna Abidova (tugʻ. 1984-yil 29-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekiston volontyorlari va jamoat arbobi, 2020-yil Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbari.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda Toshkent davlat texnika universitetini (marketing), 2008-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini (ijtimoy yoʻnalish), 2019-yilda Toshkent davlat pedagogiga universitetini (psixologiya) tamomlagan.

1999-yildan hozirgi kunga qadar yumshoq qobiliyatlar (soft skills) boʻyicha mustaqil trener hamda mintaqaviy expert. 1998-yildan hozirgi kungacha volontyorlik faoliyatini boshlagan (UNESCO klubi, Karl Popper munozara dasturlari, Parlament debat dasturi, „Vremya Chudes“ volontyorlik guruhi). 2004-yildan 2008 yilgacha birinchi nodavlat telekanal teleboshlovchisi hamda korrespondenti. 2008-yildan 2010 yilgacha Oʻzbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilgan SOS Kinderdorf International qoshida „Oilani mustahkamlash loyihasi“ ijtimoiy hodimi. 2014 – yildan 2017 yilgacha ZoʻrTv telekanal boshlovchisi hamda muharriri. 2017-yildan Respublika „Mehrli qoʻllar“ markazida psixolog lavozimida ishlab kelmoqda.

2019-yilda „Bolalar va yoshlar oʻrtasida volontyorlar harakatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ Toshkent shahridagi „Vremya Chudes“ („Moʻjizalar vaqti“) volontyorar harakati koordinatori Shirin Abidova "Tahsin" mukofotiga sazovor boʻldi.[1]

2020-yil 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasining birinchi rahbari boʻldi.[2][3][4]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2019-yil „Shuhrat“ medali
  • 2019-yil „Tahsin“ mukofoti
  • 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni
  • 2022-yil Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqiligining 30 yillik koʻkrak nishoni
  • 2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi „Tabiat himoyachisi“ koʻkrak nishoni [5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]