Shimoliy Makedoniya davlat madhiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Shimoliy Makedoniya davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i Vlado Maleski, 1943
Bastakor Todor Skalovski
Qabul qilindi 1989-yil 14-aprel

„Denes nad Makedonija“ (makedon. Denes nad Makedoniya, talaffuzi [ˈdɛnɛs nat makɛˈdɔnija]; lit. 'Bugun Makedoniya ustidaʼ) — Shimoliy Makedoniyaning milliy madhiyasi hisoblanadi. Musiqasini ham, soʻzlarini ham yaratilishi 1940-yillarning boshlariga toʻgʻri keladi. Musiqani Todor Skalovski bastalagan, soʻzlari esa Vlado Maleski tomonidan yozilgan. U davlat madhiyasi sifatida 1992-yilda, Yugoslaviyadan davlat mustaqilligi eʼlon qilinganidan bir yil oʻtib qabul qilingan. Ushbu madhiya Shimoliy Makedoniya Respublikasining milliy madhiyasiga aylanishidan oldin Yugoslaviyaning tarkibiy davlati boʻlgan Makedoniya Sotsialistik Respublikasining mintaqaviy madhiyasi sifatida ishlatilgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Strugadagi „Denes nad Makedonija“ madhiyasi uchun yodgorlik

„Denes nad Makedonija“ madhiyasi Ikkinchi jahon urushi davrida partizan harakatida faol ishtirok etgan yozuvchi Vlado Maleski tomonidan yozilgan.[1] Xususan, u 1944-yil dekabr oyida Skople radiosiga rahbarlik qildi, makedon tilidagi birinchi film uchun qoʻlyozmani yozdi, birinchi Makedoniya nashriyoti tahririyati aʼzosi boʻldi va Til komissiyasi tarkibiga kirdi.[2] Makedoniya alifbosini standartlashtirish boʻyicha hukumatga tavsiyalar bergan. Mamlakat adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Maleski „Makedoniyalik nasr yozuvchilarining birinchi avlodi“ning yorqin shaxsi hisoblanadi.[3]

Musiqiy qism Makedoniyaning eng koʻzga koʻringan bastakorlaridan biri, opera dirijyori boʻlgan Todor Skalovski tomonidan yozilgan.[4][5] U, shuningdek, Makedoniya madaniyati va mifologiyasidan ilhomlangan va uni oʻzida mujassam etgan musiqa yaratishda ilgʻorlardan biri hisoblanadi.[5][6] Qoʻshiq birinchi marta 1942-yilda Strugadagi kommunistik va partizan qarshiliklariga aloqador guruhlar oʻrtasida (shuningdek, Maleskining tugʻilgan joyi boʻlgan) kuylangan.[7] Ogʻzaki maʼlumotlarga koʻra, madhiyani Maleskining oʻzi Yangi yil arafasida 24 nafar yoshlar ishtirokida ijro etgan, ularning shaxsi faqat 1981-yilda yozma ravishda tasdiqlangan. Garchi qarshilik Yugoslaviya boʻylab turli etnik guruhlardan boʻlgan jangchilardan iborat boʻlsa ham, yuqorida tilga olingan yoshlarning barchasi makedoniyalik ekani taxmin qilinadi.[8] Urush tugaganidan beri u norasmiy boʻlsa-da — 1989-yilgacha Makedoniya Sotsialistik Respublikasining (oʻsha paytda Yugoslaviyaning bir qismi boʻlgan) mintaqaviy madhiyasi sifatida ishlatilgan.[9]

Matn[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makedon tilida matn[tahrir | manbasini tahrirlash]

I
Denes nad Makedoniјa se raѓa,
novo sonse na slobodata!
𝄆 Makedonsite se borat,
za svoite pravdini! 𝄇

II
Ne plachi Makedoniјo maјko mila,
Kreni glava gordo, visoko,
𝄆 Staro, mlado, mashko i jensko,
Na noze se krenalo! 𝄇

III
Odnovo sega znameto se vee,
na Krushevskata Republika!
𝄆 Gotse Delchev, Pitu Guli,
Dame Gruev, Sandanski! 𝄇

IV
Gorite makedonski shumno peat,
novi pesni, novi vesnitsi!
𝄆 Makedoniјa slobodna,
slobodno jivee! 𝄇


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bechev, Dimitar. Historical Dictionary of the Republic of Macedonia. Scarecrow Press, April 13, 2009 — 140–141 bet. ISBN 9780810862951. 
  2. Dimova, Rozita (2013). „The 'Nation of Poetry': Language, Festival and Subversion in Macedonia“. History and Anthropology. 24-jild, № 1. 140-bet. doi:10.1080/02757206.2012.759112. S2CID 153407028. Andoza:Registration required
  3. Rossos, Andrew. Macedonia and the Macedonians: a history. Hoover Institution Press, 2008 — 255 bet. ISBN 9780817948825. 
  4. Macedonia: Country Study Guide – Strategic Information and Developments. Lulu Press Inc., March 3, 2012 — 51 bet. ISBN 9781438774909. 
  5. 5,0 5,1 Samson, Jim. Music in the Balkans. Brill Publishers, May 23, 2013 — 490 bet. ISBN 978-9004250383. 
  6. The Harvard Dictionary of Music, 4th, Harvard University Press, 2003 — 478 bet. ISBN 9780674011632. 
  7. Kolstø, Pål. Strategies of Symbolic Nation-building in South Eastern Europe. Routledge, April 1, 2016. ISBN 9781317049357. 
  8. Pavković, Aleksandar; Kelen, Christopher „Chapter 6 – A Fight for Rights: Macedonia 1941“,. Anthems and the Making of Nation States: Identity and Nationalism in the Balkans. I.B. Tauris, October 28, 2015. ISBN 9780857739698. 
  9. „Macedonia“. The World Factbook. CIA (2017-yil 15-iyun). Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]