Shihobiddin Gʻuriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shihobiddin Gʻuriy - Gʻuriylar sulolasining eng mashhur vakili. Garchi 1203-yilgacha Gʻuriylar davlatining oliy hukmdori rasman Gʻiyosiddin Gʻuriy bo‘lsa-da, amalda butun hokimiyat ukasi Shihobiddin qo‘lida bo‘lgan. U Hindistonga yurishlar qilib, Mo‘lton, Lahor va boshqa viloyatlarni egallagan, rajputlardan esa mag‘lubiyatga uchratgan. Bobur o‘zidan oldin Hindistonga yurish qilgan podshohlar haqida so‘z yuritganda Sulton Shihobiddin Gʻuriyni ham tilga olib, bir safar u bir yuz yigirma minglik qo‘shin bilan Hindistonga bostirib kirganini o‘z yurishiga qiyoslagan [1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014