Sherobod kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sherobod kanali - Surxondaryo viloyatidagi magistral kanal. 1966 yilda qurilgan. Umumiy uz. 27 km, bosh qismidagi suv sarfi 110 m³/sek. Viloyatning Sherobod va Qiziriq choʻllariga suv uzatadi. Janubiy Surxon suv omborining oʻng qirgʻogʻida qurilgan bosh suv olish inshootidan suv oladi. Kanal trassasining dastlabki 8 km Surxondaryoning oʻng qirgʻogʻi boʻilab va Toshkoʻpriksoy oʻzani tagidan 150 m uzunlikdagi 3 koʻzli (3x3,5 m) temirbeton quvurli dyuker orqali oʻtadi. Quyiroqda kanaldan Qumqoʻrgʻon kanaliga 10 m³/sek. miqdoridagi suvni tashlash uchun suv chiqargich oʻrnatilgan. 60-yillar oxirida uning 12 km da Sherobod choʻlidagi 80 ming ga dan ortiq yerni suv bilan taʼminlovchi nasos styasi barpo etildi. 27 km da kanal chap va oʻng tarmoqqa boʻlinadi.

Kanalning chap tarmogʻi Sherobod choʻlida yangi oʻzlashtirilgan yerlarni sugʻorishga xizmat qiladi. Uning oʻzaniga beton toʻshama yotqizilgan, uz. 29,6 km, suv sarfi 25 m³/sek. Oʻng tarmoq esa Sheroboddaryo tizimidagi yerlarni suv taʼminotini yaxshilashga xizmat qiladi, uz. 76,6 km.