Toshkoʻpriksoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkoʻpriksoy
Tavsif
Uzunligi 82
Davlat


Toshkoʻpriksoy - Surxondaryo viloyatidagi soy. Hisor togʻlarining jan. tarmogʻi (Ketmonchopti togʻlari) yon bagʻirlaridan, 2160 m balandlikdan boshlanadi. Uzunligi 82 km, havzasining maydoni 491 km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,67 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 0,190 m³/sek. gacha (kam suv yilda). Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Soyda qish va bahorda suv boʻladi. T. boʻyida Bandixon, Oqqopchigʻay qishloqlari bor.