She'r tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

She'r tizimi-ma'lum o'lchov prinsipiga asoslangan she'riy vaznlar majmui.She'r tizimi she'r tuzulishining asosini,uning asosiy qonuniyatlarini belgilab beradi.Har bir xalq she'riyatidagi[1] she'r tizimi o'sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi .Mavjud she'r tizimlarining barchasida asosiy o'lchov birligi sifatida bo'g'in olingan.Bo'g'in esa,ma'lumki,turli tillarda turlicha sifatiy va miqdoriy ko'rsatgichlarga ega.Shunga ko'ra,jahon xalqlari she'riyatlarida mavjud she'r tizimlari bo'g'inning miqdori,urg'uli yoki urg'usizligi,cho'ziq yoki qisqaligi,baland yoki pastligi,talaffuz qilinishi kabi jihatlarni o'lchov asosi qilib oladi.Shuningdek,bira to'la ikki jihatni asos qilib olgan she'r tizimlari ham mavjud.Ma'lumki,ilmiy termin muayyan fan tarmog'i doirasida faqat bitta tushunchani anglatishi maqsadga muvofiq,biroq amaliyotda bundan ko'p chekilinadi.Shunday hol she'r tizimi va vaznlarni ishlatishda ko'p kuzatiladi.Masalan,biz aniq bir g'azal haqida "aruz vaznida yozilgan", adabiyot tarixi haqida gapiraturib esa "aruz vazni musulmon sharq sheriyatida yetakchi mavqeni egallagan" deb aytamiz.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

D.Quronov,Sh.Mamajonova,M.Sheraliyeva Adabiyotshunoslik lug'ati 359-bet Toshkent-2013 akademnashr

  1. D.Quronov,Z.Mamajonova,M.Sheraliyeva Adabiyotshunoslik lug'ati 359-bet Toshkent-2013 akademnashr.