Shashlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shashlik
Turi Asosiy taomlar
Kelib chiqishi

Yevrosiyo

Muallifi Yevrosiyo xalqlari
Asosiy komponentlari goʻsht (asosan qoʻy, mol, choʻchqa va tovuq goʻshti)
Oʻxshashlari barbekyu
Retsepti Shashlik

Shashlik yoki kabob — choʻgʻda pishirib (kuydirib) tayyorlanadigan goʻshtli taom. Anʼanaviy shashlik tindiriligan va oʻrtacha kattalikda toʻgʻralgan goʻshtdan tayyorlanadi.

Goʻsht, jigar, buyrak, dumba, charvi va b. masalliklardan Six K., titrama K., qozon K., parranda K., qiyma K., tandir K., pomidor K., dumbul K., charvi K., loʻla K. va b. turlari bor. Six K. — qoʻy goʻshtining lahm hamda dumba qismlaridan olib, har biri 10— 12 g keladigan loʻnda-loʻnda boʻlaklarga boʻlinadi, unga mayda toʻgʻralgan piyoz, tuz, qalampir (murch), kashnich urugʻi, zira, uzum sirkasi (anor yoki limon suvi) aralashtiriladi. Masalliq sirlangan yoki chinni idishga solinib, bir necha soat (4 soatdan 24 soatgacha) salqin joyda saqlanadi. Soʻngra goʻsht sixga 5—6 boʻlakdan qilib oʻtkaziladi (sixning uchida yogʻ boʻlishi kerak). Sixlar koʻrada toshkoʻmir yoki pista koʻmir choʻgʻida pishiriladi. K.ning bir tomoni qizarib pishgandan soʻng ikkinchi tomonini agʻdarish kerak. 1 kg goʻshtga 2—3 bosh piyoz, 1 choy qoshiqsa tuz, 4 osh qoshiqda uzum sirkasi (yoki bir dona limon); ziravor taʼbga koʻra kerak boʻladi. Qiyma K. — goʻsht qiymalagichdan 2 marta, piyoz bir marta oʻtkazilgach, qiyma tayyorlanadi. Qiymaga tuxum chaqilib qalampir, tuz aralashtiriladi. Soʻng qiymadan 50—60 g keladigan kiftalar yasaladi va uzunasiga sixga oʻtkaziladi. Kifta ustiga un sepib yuqorida aytilgandek choʻgʻda pishiriladi. 1 kg goʻshtga 3 bosh piyoz, 1 dona tuxum, 3—4 qoshiq un; ziravorlar kerak boʻladi. Dumbul K. — makkajoʻxorining dumbul soʻtasidan tayyorlanadi. Tozalangan soʻta 3—4 sm dan qilib kesiladi va namakobga 2—3 soat solib qoʻyiladi. Soʻng 2—3 donadan qilib sixga oʻtkaziladi va laxcha choʻgʻda pishiriladi.

K. Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq, Kavkaz xalqlarining sevimli taomi hisoblanadi. K.ni aslida chorvador xalklar ijod etgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Maxmudov K., Oʻzbek taomlari, T., 19[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil