Sharofat Bozorova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharofat Bozorova
Tavalludi 1920-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Sharofat Bozorova (1920-yil, Komsomol tumani, Samarqand viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1960), KPSS aʼzosi (1959)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharofat Bozorova 1920-yil Komsomol tumanida tavallud topgan. Bozorova 1946-yildan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi „1-Boyovut“ sovxozida zveno, 1953-yildan esa brigda boshligʻi boʻlib ishlagan. Bozorova rahbarligida brigada 1960-yili 111 gektar yerning har bir gektaridan 45 sentnerdan, 1961-yilda 160 gektardan 35,7 sentnerdan paxta yetishtirishgan. Ikki marta Lenin ordeni (1950, 1960), „Hurmat belgisi“ ordeni (1957) bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1972, s. 311

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, II tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1972 — 640 bet.