Sharif Rahmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharif RahmatovBuxoro sektori taqsim qilgan 2886-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan. 1876-yili tug‘ilgan, Kogon rayoni Chardakuldi qishlog‘idan, sobiq amir amaldorlaridan, quloqqa tortilgan, qatag‘ondan yashirinib yurgan, hibsga olingunga qadar kolxoz aʼzosi. Kolxozchilar orasida kolxozga qarshi va aksilinqilobiy targ‘ibot olib borganliqsa ayblangan.110 ta hukm „Uchlik“ aʼzolari Apresyan, Segizboyev, Yakovlev va respublika prokurori Sheyndlin hamda O‘zSSRIchki ishlar xalq komissarligi Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi 8-bo‘lim boshlig‘i, Davlat Xavfsizligi leytenanti Yakovlevlar tomonidan imzolangan. O‘sha 14-oktyabrdagi yig‘ilish mazmuni aks ettirilgan. 24-sonli bayonnomada qayd qilinishicha, 182 kishi otuvga, 7 kishi 8 va 10 yildan mehnat tuzatuv lageri qamog‘iga, faqat 1 kishini qamoqdan bo‘shatishga hukm qilingan. Bu qatag‘on qilinganlarning ijtimoiy tarkibida 101 sobiq quloq, 3 o‘rta hol, 30 imom, eshon, qori, domlalar, 3 ishchi, 33 xizmatchi, rahbar xodimlar bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi. Bu qatagon qilinganlarning maʼlum qismi o‘tmishda bosmachilik harakatida ishtirok etganlar. Shuningdek, ularning ayrimlari avvaldan „Sho‘roi Islomiya“, „Milliy ittihod“, „Musulmonlar soveti“, „Milliy Istiqlol“, „Ittihodiy va taraqqiy“, VKP(b), eserlar partiyasi kabilarga mansub bo‘lganligi yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan ko‘rinib turibdi. Ularning milliy tarkibi esa aksariyat mahalliy millat vakillaridan iborat bo‘lgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 206 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.