Sharbat Abdullayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Abdullayeva Sharbat Zulpikarovna
Tavalludi 24-yanvar 1958-yil(1958-01-24)
Olot, Buxoro, O'zbekiston
Fuqaroligi  UZB
Millati O'zbek
Sohasi Moliya, Iqtisod
Mashhur ishlari „Banklarda buxgalteriya xisobi asoslari“,
„Bank risklari“,
„Pul va iul tizimi“
„Pul, kredit va banklar“,
„Bank ishi!“.
Mashhur sovrinlari „Mehnat shuhrati“ ordeni, „Oliy taʼlim aʼlochisi“ ko‘krak nishoni sohibi

Abdullayeva Sharbat Zulpikarovna (1958-yil Buxoro viloyati) — Iqtisod fanlari doktori, professor[1], Oliy taʼlim aʼlochisi" ko‘krak nishoni hamda „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.

Abdullayeva Sharbat Zulpikarovna — (1958-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan) 1979-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1985-yilda Moskva moliya instituti (Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi — Moliya Akademiyasi) aspiranturasini tugatgan. Iqtisod fanlari doktori, professor. Bugungi kunga qadar mamlakat rivoji yoʻlida koʻplab samarali ishlarni amalga oshirishda faol xizmat koʻrsatib kelmoqda[2][3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini Toshkent xalq xo‘jaligi institutinining „Pul muomalasi va kredit“, kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan.

  • 1981-1982-yillarda ushbu institut va Moliya iqtisod fakultetining yoshlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
  • 1982-1985-yillarda Moskva moliya instituti aspiranturasida tahsil olib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  • 1986-2006-yillar oralig‘ida Toshkent xalq xo‘jaligi va Toshkent Moliya institutuda assistent, dotsent va mudir lavozimlarida faoliyat olib borgan.
  • 2000-yilda „Bank risklari sharoitida tijorat banklarining kredit portfelini diversifikatsiyalash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor Abdullayeva 15 dan ortiq darslik, 50 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop qilgan[4]:

  • „Pul, kredit va banklar“ darsligi
  • „Bank ishi“
  • „Pul va pul tizimi“ o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan.

Mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. Xorjiy mutaxassislar bilan hamkorlikda „Ekonomicheskaya teoriya“, „Bozor iqtisodiyoti amaliyoti“ kabi darsliklar ustida ishlagan. Bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha 6 ta fandan maʼruza matnlarini, qator fanlar bo‘yicha 10 dan ortiq metodik uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqqan va nashr ettirgan.

Jamiyatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sh.Z.Abdullayeva 2004-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi nodavlat — notijorat tashkilotlari guruhi rahbari lavozimida ishlagan.
  • 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
  • O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari.

Xalqaro tashkilotlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • U dolzarb mavzularga bag‘ishlangan 100 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda ilmiy chiqishlar, davra suhbatlari va seminarlarda maʼruzalar bilan ishtirok etib, ilmiy, ommabop maqolalar eʼlon qilgan.
  • 2005-yilda Delegatsiya tarkibida BMTning 49-sessiyasida (Nyu-york), 2008-yilda „O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi“ parlament hamkorligi qo‘mitasining 7-majlisida ishtirok etgan.
  • Belgiya (Brussel)da Yevroparlament sessiyalarida maʼruzalar bilan qatnashgan.
  • Parlamentariy ayollar delegatsiyasi tarkibida Koreya (Seul)da, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tadbirkor ayollar delegatsiyasining rahbari sifatida Hindistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyalarda maʼruzalar qilgan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharbat Zulpikarovna Oʻzbekiston Respublikasida „Moliya, pul muomalasi va kredit“ ixtisosligi olimlaridan hisoblanadi. Hozirda u 1 ta fan doktori, 10 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda[5].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sh.Z.Abdullayeva fidokorona mehnatlari uchun „Mehnat shuhrati“ ordeni, „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi“, „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi“, „Oliy taʼlim aʼlochisi“ ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]